"Ustoz-shogird", subsidiya, malaka oshirish: prezident paxtachilikka oid takliflarni ma’qulladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po povisheniyu effektivnosti xlopkovodstva
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po povisheniyu effektivnosti xlopkovodstva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Obuna bo‘lish
Prezident paxtachilikda hosildorlikni oshirish, fermerlarni rag‘batlantirish va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflarni ma’qulladi
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni paxtachilikda samaradorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda sohadagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi. Paxtachilikda hosildorligi 60 sentnerdan yuqori bo‘lgan ilg‘or fermerlarni 30 sentnerdan kam hosil olgan fermerlarga biriktirish taklif etildi. Ilg‘or fermerlar Qishloq xo‘jaligi malaka oshirish institutida qayta tayyorlanadi. Past hosil olgan fermerlar hosildorlikni kamida 50 sentnerga yetkazsa, ularga biriktirilgan ilg‘or fermerlarga 5 million so‘mdan mukofot beriladi.
Agrar universitet va agronomlar tayyorlaydigan boshqa oliygohlar bitiruvchilari uchun ikki yillik “dual ta’lim” mexanizmi joriy etiladi.
Genomika markazi va Paxtachilik institutida navlarni seleksiya qilish asosida paxta urug‘chiligini rivojlantirish uchun fitotron va reproduksion issiqxona qurish topshirildi. Shuningdek, g‘o‘zani plonka ostiga ekish tajribasini ommalashtirish rejalari muhokama qilindi.
Prezident sohada agrodronlardan foydalanishni kengaytirish va bu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash muhimligini qayd etdi.
Hosilni ixtiyoriy sug‘urtalash tizimini joriy etish, sug‘urta mukofotining 50 foizini budjet hisobidan qoplash taklif qilindi. Hozirda turli idoralar tomonidan berilayotgan 75 turdagi subsidiyani yagona platforma orqali taqsimlab boradigan Agrar sohada to‘lov agentligini tashkil etish tashabbusi bildirildi.
Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Xlopkovoe pole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Oziq-ovqat yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit va elektr energiyasi uchun kompensatsiya beriladi
Yangiliklar lentasi
0