Oziq-ovqat yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit va elektr energiyasi uchun kompensatsiya beriladi

© Press slujba administratsii Kosonsoyskogo rayonaXlopkovoe pole
Xlopkovoe pole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ekin yetishtiruvchi tadbirkorlarga imtiyozli kredit, energiya xarajatlari kompensatsiyasi va foizlarning bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 12 oy muddatga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda prezidentning PQ–322-sonli qarorida belgilandi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” Telegram kanali.
Shuningdek, qarorga ko‘ra 2025-yil 1-noyabrdan 2030-yil 31-dekabrgacha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasi hisobidan belgilangan yo‘nalish va shartlar bo‘yicha tadbirkorlarga quyidagilar qoplab beriladi:
— Markaziy bank asosiy stavkasining 2 barobaridan oshmagan miqdorda milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz banddan yuqori, biroq 10 foiz bandgacha bo‘lgan qismi (ya’ni, hozirda 18 foizdan 24 foizgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan to‘lab beriladi, tadbirkor faqat 18 foizini to‘laydi);
— xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 8 foizdan yuqori, biroq 4 foiz bandgacha bo‘lgan qismi (ya’ni, kredit foizi 8 foizdan 12 foizgacha bo‘lgan taqdirda ham tadbirkor faqat 8 foizigacha to‘laydi).
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtiruvchi subyektlarga mahsulot yetishtirishda sug‘orish tadbirlari uchun o‘z balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foiz qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi
Vesennie polevie raboti na polyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlari ijara huquqini garovga qo‘yib kredit olish mumkin
Yangiliklar lentasi
0