"O‘zatom" delegatsiyasi Novovoronej AESda ekspluatatsiya va ta’mirlashda amaliy tajriba o‘rgandi

© Sputnik / Valeriy ShustovNovovoronejskaya atomnaya elektrostansiya.
Novovoronejskaya atomnaya elektrostansiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Obuna bo‘lish
Novovoronej AES atomchilari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan energiya bloklariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish bo‘yicha tajriba almashdilar.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston Atom energetikasini rivojlantirish agentligi ("O‘zatom") vakillari energobloklarga xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash jarayonlari bilan tanishish maqsadida Novovoronej AESga tashrif buyurishdi.
Dastlab delegatlar "Rosatom texnika akademiyasi"ning Novovoronej filialida bo‘lib, atom stansiyasi xodimlari tayyorlanadigan trenajorlar va ustaxonalarni ko‘zdan kechirishdi.
Tashrifning ikkinchi kuni delegatsiya a’zolari VVER-1200 reaktoriga ega "3+" avlod innovatsion energiya blokining turbina sexi hamda markazlashtirilgan ta’mirlash ustaxonalarida bo‘lishdi.
"Biz Novovoronej atom elektr stansiyasining ekspluatatsiya va ta’mirlash bo‘yicha amaliy tajribasini o‘rganish uchun keldik. Ayniqsa, ta’mirlash sexi ishini tashkil etish va rejali ta’mir ishlarini rejalashtirish biz uchun muhim. Bu yerda olingan bilimlar bizning kelajakdagi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotimizni shakllantirishda qo‘l keladi va bo‘lajak AESning ishonchli faoliyatini ta’minlaydi", — dedi "AES qurilishi direksiyasi" mutaxassisi Davlatshoh Ahrorov.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishSpetsialisti Novovoronejskoy AES podelilis s yadershikami Uzbekistana opitom organizatsii texobslujivaniya i remonta energoblokov
Spetsialisti Novovoronejskoy AES podelilis s yadershikami Uzbekistana opitom organizatsii texobslujivaniya i remonta energoblokov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Spetsialisti Novovoronejskoy AES podelilis s yadershikami Uzbekistana opitom organizatsii texobslujivaniya i remonta energoblokov
Ayni paytda Jizzax viloyatida RITM-200N reaktorli O‘zbekistondagi birinchi kichik quvvatli atom stansiyasi (KQAES) qurilishi davom etmoqda. 60-yil xizmat qilishi mo‘ljallangan ushbu stansiya yiliga 1,8 million tonna CO₂ chiqindilarini kamaytirish imkonini beradigan uglerodsiz energiya manbai bo‘ladi.
Stroitelstvo Kurskoy AES-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2025
O‘zbekistondagi AES qurilishida 3 ming nafarga yaqin rossiyalik mutaxassis ishlaydi
Yangiliklar lentasi
0