Shavkat Mirziyoyev va OTB prezidenti strategik hamkorlikni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu ABR vo glave s yego prezidentom Masato Kandoy
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu ABR vo glave s yego prezidentom Masato Kandoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankining mintaqadagi eng yirik hamkori bo‘lib qolmoqda, qo‘shma loyihalar portfeli esa 15 milliard dollardan oshgan.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masato Kando bilan O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda OTB Boshqaruvchilar kengashining 2026-yil may oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan yillik yig‘ilishiga tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston prezidenti bo‘lajak tadbir doirasida OTB bilan Kengaytirilgan strategik sheriklik dasturini imzolash tashabbusini ilgari surdi.

Ushbu dasturda infratuzilmani rivojlantirish, texnik va muhandislik kadrlarini tayyorlash, xotin-qizlar va yoshlarni yangi kasblarga o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish, ipoteka bozori hamda xususiy sektorni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.
ABR videlit Uzbekistanu kredit v razmere $100 mln - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
STEM-ta’limni rivojlantirish uchun OTB O‘zbekistonga $100 mln kredit ajratadi
Yangiliklar lentasi
0