STEM-ta’limni rivojlantirish uchun OTB O‘zbekistonga $100 mln kredit ajratadi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliABR videlit Uzbekistanu kredit v razmere $100 mln
ABR videlit Uzbekistanu kredit v razmere $100 mln - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda OTB tomonidan kredit ajratilishi bo‘yicha kelishuv imzolandi, shuningdek, Samarqandda o‘tadigan yig‘ilishga tayyorgarlik va bir qator o‘rta muddatli tashabbuslar muhokama qilindi.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda STEM-ta’limni modernizatsiya qilishga qaratilgan “O‘rta ta’limda STEM” loyihasi uchun 100 mln dollarlik kredit ajratadi.
Tegishli kelishuv bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashuvida imzolandi.
Uchrashuvda, shuningdek, 2026-yil may oyida Samarqandda o‘tadigan OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik muhokama qilindi. Ushbu jarayonini muvofiqlashtirish uchun qo‘shma yo‘l xaritasini tasdiqlash taklif etildi.
Shuningdek, moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish, iqtisodiy zonalar infratuzilmasini rivojlantirish, ayollar va yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash, eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni rag‘batlantirish kabi o‘rta muddatli tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Tomonlar 2026–2030 yillar uchun yangi Hamkorlik dasturi bo‘yicha ham fikr almashdilar.
Ma’lumot uchun: STEM — tabiiy fanlar (Science), texnologiya (Technology), muhandislik (Engineering) va matematika (Mathematics) yo‘nalishlarini integratsiya asosida o‘qitish tizimi.
OTB — Osiyo va Tinch okeani mintaqasida faoliyat yurituvchi yirik xalqaro moliya banki bo‘lib, uning asosiy aksiyadorlari AQSh, Yaponiya va Xitoy hisoblanadi.
ABR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2025
OTB O‘zbekistonga $300 mln qarz ajratadi
Yangiliklar lentasi
0