Suv so‘jaligida 2027-2050 yillarga mo‘ljallangan strategiya ishlab chiqiladi

© Ministerstvo vodnogo xozaystvaBudet razrabotana Strategiya vodnogo xozaystva na 2027-2050 godi
Budet razrabotana Strategiya vodnogo xozaystva na 2027-2050 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2025
Obuna bo‘lish
Loyihani M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti akademigi V.L.Kvint boshchiligidagi olimlar bilan birgalikda yaratish rejalashtirilgan
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilishning 2027-2050 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Strategiya loyihasini ishlab chiqishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Suv xo‘jaligi vazirligida akademik V.L.Kvint boshchiligidagi olimlar bilan o‘quv-trening o‘tkazildi.
Tadbirda Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va boshqa tegishli idoralar mas’ullari, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Shu bilan birga hududlardagi suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaxassislari ham o‘quv-treningni onlayn kuzatib bordi.
Akademik V.L.Kvint va rossiyalik olimlar Strategik rejalashtirish, uning ahamiyati, strategiyalashtirish metodologiyasi, suv xo‘jaligini uzoq muddatligi rejalashtirishda e’tibor qaratiladigan jihatlar haqida taqdimotlar qilishdi.
© Ministerstvo vodnogo xozaystvaBudet razrabotana Strategiya vodnogo xozaystva na 2027-2050 godi
Budet razrabotana Strategiya vodnogo xozaystva na 2027-2050 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2025
Budet razrabotana Strategiya vodnogo xozaystva na 2027-2050 godi
Tadbir jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: V.L. Kvint – iqtisod fanlari doktori, siyosiy iqtisod professori, Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi. U Moskva davlat universitetining Lomonosov mukofoti, “Aleksandr Nevskiy” va “Do‘stlik” ordenlari, shuningdek, O‘zbekistonning fan va texnika sohasidagi davlat mukofoti sohibi.
Ministr vodnogo xozaystva Shavkat Xamrayev vstretilsya s delegatsiyey vo glave s predsedatelem kitayskoy kompanii CSCEC International Construction 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
Suv xo‘jaligi vazirligi davlat dasturini Xitoy kompaniyasi bilan bajarishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0