https://oz.sputniknews.uz/20251117/russia-kompaniyalar-ozbekistonliklar-ish-53541496.html
Rossiya kompaniyalari bilan o‘zbekistonliklarni ishga joylashtirish muhokama qilindi
Rossiya kompaniyalari bilan o‘zbekistonliklarni ishga joylashtirish muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
“Yevrakor” AJ va “Provans” MChJ rahbarlari bilan o‘zbekistonlik fuqarolarni tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish, ish va yashash sharoitlari, patent va hujjatlashtirish jarayonlari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.
2025-11-17T17:15+0500
2025-11-17T17:15+0500
2025-11-17T17:18+0500
o‘zbekiston
jamiyat
ish
migratsiya
migrantlar
migratsiya agentligi
patent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/02/21189140_0:190:2965:1858_1920x0_80_0_0_c8a1a0543d6981f8b86d8ddf1ed54367.jpg
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Rossiyadagi yirik ish beruvchilar – “Yevrakor” AJ va “Provans” MChJ rahbariyati bilan o‘zbekistonlik fuqarolarni tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Uchrashuvni O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamda ushbu shahardagi Migratsiya agentligi vakolatxonasi tashkil etdi.Rossiyada neft-gaz, elektr energiyasi, sanoat va qurilish bo‘yicha 90 tadan ortiq loyihalarni amalga oshirib kelayotgan “Yevrakor” AJ vakili Olga Seves bilan uchrashuvda kompaniyadagi ish jarayonlari, yaratilgan qulayliklar, oylik maoshlar, xorijiy fuqarolar jalb qilingan taqdirda ular uchun yashash sharoitlari hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar to‘plami haqida fikr almashildi.Shuningdek, Tumen shahrida salat va rukkola qayta ishlab chiqaradigan “Provans” MChJ direktori Tatyana Ovsankina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbatda bo‘sh ish o‘rinlari, yashash va mehnat sharoitlari, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonidagi mavjud muammo va kamchiliklar, hamda boshqa hamkorlik aloqalari xususida fikr almashib, ikki tomonlama bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishuvlarga erishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251114/rossiya-ozbekiston-migrantlar-53472948.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/02/21189140_117:0:2848:2048_1920x0_80_0_0_084e340e10bb39bc64c87e5c4721e8bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, rossiya, yevrakor, provans, ishga joylashtirish, mehnat migratsiyasi, o‘zbekiston bosh konsulxonasi, migratsiya agentligi, ish sharoitlari, maosh, patent, hujjatlar rasmiylashtirish, yekaterinburg, ish beruvchi, o‘zbekistonlik ishchilar, migrantlar
o‘zbekiston, rossiya, yevrakor, provans, ishga joylashtirish, mehnat migratsiyasi, o‘zbekiston bosh konsulxonasi, migratsiya agentligi, ish sharoitlari, maosh, patent, hujjatlar rasmiylashtirish, yekaterinburg, ish beruvchi, o‘zbekistonlik ishchilar, migrantlar
Rossiya kompaniyalari bilan o‘zbekistonliklarni ishga joylashtirish muhokama qilindi
17:15 17.11.2025 (yangilandi: 17:18 17.11.2025) Rossiyadagi “Yevrakor” va “Provans” kompaniyalari bilan o‘zbekistonlik fuqarolarni ishga joylashtirish va ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Rossiyadagi yirik ish beruvchilar – “Yevrakor” AJ va “Provans” MChJ rahbariyati bilan o‘zbekistonlik fuqarolarni tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
Uchrashuvni O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamda ushbu shahardagi Migratsiya agentligi vakolatxonasi tashkil etdi.
Rossiyada neft-gaz, elektr energiyasi, sanoat va qurilish bo‘yicha 90 tadan ortiq loyihalarni amalga oshirib kelayotgan “Yevrakor” AJ vakili Olga Seves bilan uchrashuvda kompaniyadagi ish jarayonlari, yaratilgan qulayliklar, oylik maoshlar, xorijiy fuqarolar jalb qilingan taqdirda ular uchun yashash sharoitlari hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar to‘plami haqida fikr almashildi.
Shuningdek, Tumen shahrida salat va rukkola qayta ishlab chiqaradigan “Provans” MChJ direktori Tatyana Ovsankina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbatda bo‘sh ish o‘rinlari, yashash va mehnat sharoitlari, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonidagi mavjud muammo va kamchiliklar, hamda boshqa hamkorlik aloqalari xususida fikr almashib, ikki tomonlama bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishuvlarga erishdi.