https://oz.sputniknews.uz/20251114/rossiya-ozbekiston-migrantlar-53472948.html
Rossiya va O‘zbekiston migrantlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustida ishlamoqda
Rossiya va O‘zbekiston migrantlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustida ishlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qabul qilingan choralar migratsiya tartibini buzuvchilar, jinoyatchilar va terroristlarga qarshi kurashga ham qaratilgan. 14.11.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-11-14T13:11+0500
2025-11-14T13:11+0500
2025-11-14T13:11+0500
migratsiya
migrantlar
rossiya
o‘zbekiston
aleksey yerxov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/16/47650369_0:93:3311:1955_1920x0_80_0_0_5def74841ce8c076b5b9fc17f1789410.jpg
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston migratsiya jarayonlarini yanada shaffof qilish va mehnat migrantlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustida birgalikda ishlamoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov ikki davlat ittifoqchiligining 20-yilligiga bag‘ishlangan davra suhbatida ma’lum qildi, deya xabar qildi Sputnik muxbiri.Yerxovning so‘zlariga ko‘ra, qabul qilingan choralar migratsiya tartibini buzuvchilar, jinoyatchilar va terrorchilarga qarshi kurashga ham qaratilgan.Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya migratsiya tartib-taomillarini soddalashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va rus tili imtihonini Toshkent hamda Jizzaxdagi Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallariga ko‘chirish masalalarini muhokama qilayotgani xabar qilingan edi.2024 yilda xorijda vaqtincha ishlayotgan o‘zbekistonliklar soni 1,5 barobarga kamayib, 1,3 million kishini tashkil etdi. Rossiyadagi mehnat migrantlari soni esa 1,7 barobarga qisqarib, taxminan 700 ming nafarni tashkil etdi.2025 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 24 foizga oshib, 13,9 milliard dollarga yetdi. O‘tkazmalarning 75 foizidan ortig‘i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251113/migratsiya-imtihon-uzbekistan-otm-53435247.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/16/47650369_291:0:3022:2048_1920x0_80_0_0_3e1538e2622bcb09e6ac9760d85aa4cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, rossiya, o‘zbekiston, aleksey yerxov
migratsiya, migrantlar, rossiya, o‘zbekiston, aleksey yerxov
Rossiya va O‘zbekiston migrantlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustida ishlamoqda
Qabul qilingan choralar migratsiya tartibini buzuvchilar, jinoyatchilar va terroristlarga qarshi kurashga ham qaratilgan.
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston migratsiya jarayonlarini yanada shaffof qilish va mehnat migrantlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustida birgalikda ishlamoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov ikki davlat ittifoqchiligining 20-yilligiga bag‘ishlangan davra suhbatida ma’lum qildi, deya xabar qildi
Sputnik muxbiri.
“Migratsiya sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratapmiz. Mehnat migrantlarini zaruriy shart-sharoitlar bilan ta’minlab, bu o‘zaro foydali jarayonni to‘liq shaffofga holatga o‘tkazish uchun birgalikda ishlamoqdamiz”, - dedi elchi.
Yerxovning so‘zlariga ko‘ra, qabul qilingan choralar migratsiya tartibini buzuvchilar, jinoyatchilar va terrorchilarga qarshi kurashga ham qaratilgan.
"Bu umumiy muammolar va ularni birgalikda hal qilish bizning vazifamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi.
Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya migratsiya tartib-taomillarini soddalashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va rus tili imtihonini Toshkent hamda Jizzaxdagi Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallariga ko‘chirish masalalarini muhokama qilayotgani xabar qilingan edi.
2024 yilda xorijda vaqtincha ishlayotgan o‘zbekistonliklar soni 1,5 barobarga kamayib, 1,3 million kishini tashkil etdi. Rossiyadagi mehnat migrantlari soni esa 1,7 barobarga qisqarib, taxminan 700 ming nafarni tashkil etdi.
2025 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 24 foizga oshib, 13,9 milliard dollarga yetdi. O‘tkazmalarning 75 foizidan ortig‘i Rossiya hissasiga
to‘g‘ri keladi.