MO va Ozarbayjon prezidentlari ishtirokida “Kelajak merosi” laureatlari taqdirlandi

Sostoyalos nagrajdenie pobediteley premii “Kelajak merosi”
Sostoyalos nagrajdenie pobediteley premii “Kelajak merosi” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2025
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon prezidentlari ishtirokida “Kelajak merosi” mukofoti topshirilib, ilk g‘oliblar rasman e’lon qilindi
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Islom sivilizatsiyasi markazida “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tantanali tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Ozarbayjon prezidenti ham ishtirok etdi.
Marosim doirasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ilk laureatlar aniqlandi:
“Adabiyot” — Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev;
“Madaniyat” — Tojikiston xalq shoiri Davlat Safarzoda;
“Teatr va kino” — M. Avezov nomidagi Qozog‘iston Milliy drama teatri aktori Yerkebulan Dayirov;
“Musiqa va raqs” — Ozarbayjon xalq artisti Alim Gasimov;
“Tasviriy va amaliy san’at” — Turkmaniston xalq artisti Babasari Annamiradov;
“Fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar” — O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz direktori o‘rinbosari, fan doktori Dilfuza Egamberdiyeva.
Barcha g‘oliblarga mukofot haykalchasi, diplom va 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti — O‘zbekiston prezidentining qaroriga binoan ta’sis etilgan. U adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohalarida yuksak natijalarga erishgan o‘zbekistonlik va xorijiy ijodkorlarni rag‘batlantirishni maqsad qiladi.
Prezidentlar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2025
Prezidentlar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Yangiliklar lentasi
0