https://oz.sputniknews.uz/20251115/ozbekiston-qozogiston-prezidentlariuchrashuvi-53494744.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Qozog‘iston hududlari rahbarlarining birinchi Kengashi 2026-yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi. 15.11.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-11-15T11:10+0500
2025-11-15T11:10+0500
2025-11-17T10:36+0500
o‘zbekiston
qozog‘iston
qasim-jomart toqayev
shavkat mirziyoyev
uchrashuv
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0f/53494405_0:42:800:492_1920x0_80_0_0_538b4b3927f223770410668591ed2fb9.jpg
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda ushbu tashrif ikki davlat strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tarixida yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.Tashrifga tayyorgarlik doirasida Toshkentda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumi, Qozog‘iston tibbiyoti kunlari, qozoq filmlari namoyishi, Ostona kunlari va bir qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.So‘nggi yillarda 6,5 mingta qo‘shma korxona tashkil etildi va ustuvor tarmoqlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun 8 milliard dollardan ortiq qiymatdagi loyihalar portfeli tayyorlandi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish taklif qilindi.Muzokaralar davomida energetika, transport, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, axborot texnologiyalari va boshqa muhim sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.O‘zbekiston - Qozog‘iston hududlari rahbarlarining birinchi Kengashini 2026-yilda Qozog‘istonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251114/toqaev-tashrif-ozbekiston-53484797.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0f/53494405_45:0:756:533_1920x0_80_0_0_ae921a9b13f443c94c94fd294c57edfa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, qozog‘iston, qasim-jomart toqayev, shavkat mirziyoyev, uchrashuv, siyosat
o‘zbekiston, qozog‘iston, qasim-jomart toqayev, shavkat mirziyoyev, uchrashuv, siyosat
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
11:10 15.11.2025 (yangilandi: 10:36 17.11.2025) O‘zbekiston - Qozog‘iston hududlari rahbarlarining birinchi Kengashi 2026-yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ushbu tashrif ikki davlat strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tarixida yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida Toshkentda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumi, Qozog‘iston tibbiyoti kunlari, qozoq filmlari namoyishi, Ostona kunlari va bir qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yilning o‘tgan davri mobaynida tovar ayirboshlash 4 milliard dollarga yetdi. O‘zaro savdo hajmini oshirish va import o‘rnini bosish orqali bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Yuk tashish hajmi o‘sib bormoqda, shaharlar orasida haftasiga 40 tadan ortiq aviaqatnov amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda 6,5 mingta qo‘shma korxona tashkil etildi va ustuvor tarmoqlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun 8 milliard dollardan ortiq qiymatdagi loyihalar portfeli tayyorlandi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish taklif qilindi.
Muzokaralar davomida energetika, transport, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, axborot texnologiyalari va boshqa muhim sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston - Qozog‘iston hududlari rahbarlarining birinchi Kengashini 2026-yilda Qozog‘istonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.