https://oz.sputniknews.uz/20251114/toqaev-tashrif-ozbekiston-53484797.html
Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.Kun tartibidagi asosiy mavzu – savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, madaniy-gumanitar loyihalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.
2025-11-14T17:26+0500
2025-11-14T17:26+0500
2025-11-14T17:32+0500
siyosat
qozog‘iston
o‘zbekiston
qasim-jomart toqayev
shavkat mirziyoyev
tashrif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0e/53483433_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ecf750b07f3f4d358e5c5cd1adea81f4.jpg
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi bilan “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida suhbat o‘tkazdi.Yetakchilar O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15-noyabr kuni, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.Kun tartibidagi asosiy mavzu – savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, madaniy-gumanitar loyihalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.Mintaqaviy va global siyosatning dolzarb masalalari, ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish, O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251111/putin-uzbekistan-kazakhstan-gaz-hamkorlik-53391739.html
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0e/53483433_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_36f79471da85e085e0b0f98e1ed9efc2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston prezidenti qasim-jomart toqayev davlat tashrifi o‘zbekiston
qozog‘iston prezidenti qasim-jomart toqayev davlat tashrifi o‘zbekiston
Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
17:26 14.11.2025 (yangilandi: 17:32 14.11.2025) Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi bilan “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida suhbat o‘tkazdi.
Yetakchilar O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15-noyabr kuni, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibidagi asosiy mavzu – savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, madaniy-gumanitar loyihalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.
Mintaqaviy va global siyosatning dolzarb masalalari, ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.
Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish, O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.