Peskov: Putin O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz sohada hamkorlikka katta ahamiyat bermoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska
Gazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2025
Obuna bo‘lish
Peskovga ko‘ra, Putin ikki davlat bilan gaz hamkorligiga katta ahamiyat bermoqda. O‘zbekiston bu yo‘nalishda Rossiyadan gaz importini 2023-yilga nisbatan 3,5 barobar oshirish ustida ish olib bormoqda.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz sohasidagi uch tomonlama hamkorlikka katta ahamiyat bermoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Shuni unutmangki, boshqa yo‘nalishlar qatorida uch davlatga ta’sir ko‘rsatadigan gaz bo‘yicha uch tomonlama loyihalar ham bor. Tabiiy gaz yetkazib berish juda muhim. Prezident Putin mana shu hamkorlikka katta ahamiyat beradi”, — dedi Peskov.

Ma’lumot uchun, 2023-yil iyun oyida O‘zbekiston “Gazprom” bilan ikki yillik gaz yetkazib berish shartnomasini imzolagan. Unga ko‘ra, kunlik hajm 9 million kub metr, yillik miqdor esa taxminan 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi.
Shuningdek, 2024-yil fevral oyida O‘zbekiston hukumati Rossiyadan gaz importini 3,5 barobarga — kuniga 9 million kub metrdan 32 million kub metrgacha (yillik deyarli 10 milliard kub metrgacha) oshirish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Buning uchun respublika magistral gaz tizimini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Aleksandr Novak: Vajneyshaya sfera vzaimodeystviya mejdu Rossiyey i Uzbekistanom – energetika  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importi hajmi oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0