Yerxov: Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari o‘z ko‘lami bilan ko‘plab davlatlar uchun namuna

© SputnikV Mejdunarodnom institute Sentralnoy Azii proxodit krugliy stol
V Mejdunarodnom institute Sentralnoy Azii proxodit krugliy stol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2025
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari o‘rtasidagi jadal va ishonchli muloqot kelgusi qo‘shma yutuqlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlar o‘zining chuqurligi va ko‘lami bilan ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov ikki davlat ittifoqchiligining 20-yilligiga bag‘ishlangan davra suhbatida ma’lum qildi, deya xabar qildi Sputnik muxbiri.
“G‘arb davlatlarining geosiyosiy keskinligi, bosimi va shantajlariga qaramay, Rossiya–O‘zbekiston munosabatlarining butun majmuasini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda”, — dedi Yerxov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari o‘rtasidagi jadal va ishonchli muloqot kelgusi qo‘shma yutuqlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Elchi O‘zbekistonning xavfsizligi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma bilan kafolatlanganini qayd etdi.
Yerxovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur shartnoma hamkorlikning asosiy tayanch hujjati bo‘lib, unda tomonlardan biriga qilingan har qanday tajovuz ikkala davlatga nisbatan tajovuz sifatida baholanishi belgilangan.
Bu norma o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini mustahkamlaydi va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Yerxov Rossiya O‘zbekistonda urush va mehnat fronti faxriylariga bo‘lgan hurmatni yuksak baholashini, ikki xalqning umumiy tarixiy xotirasini asrash muhimligini ta’kidladi.
Markaziy Osiyo xalqaro institutida O‘zbekiston va Rossiya ittifoqchiligining 20-yilligi nishonlanmoqda.
Tadbirda siyosiy muloqot, iqtisodiyot, energetika, migratsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Xalqaro taraqqiyot agentligi direktori Jahongir Vahobovning ma’lum qilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20-yil ichida 2 mlrd dollardan 11,6 mlrd dollarga yetgan. 2025-yilning yanvar–avgust oylarida esa savdo ko‘rsatkichlari 9 mlrd dollardan oshgan.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2025
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
Yangiliklar lentasi
0