https://oz.sputniknews.uz/20251112/uzbekistan-russia-prezidentlar-muhokama-53403231.html
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot chog‘ida strategik sheriklik, iqtisodiy va energetik hamkorlik, hududlar o‘rtasidagi aloqalar hamda 3-dekabr kuni bo‘ladigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi haqida fikr almashdilar.
2025-11-12T10:30+0500
2025-11-12T10:30+0500
2025-11-12T10:30+0500
hamkorlik
vladimir putin
shavkat mirziyoyev
telefon muloqoti
energetika
forum
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005144_239:234:1050:690_1920x0_80_0_0_3bac22fdf75fe935249a8312c531b37b.jpg
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. 2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Tomonlar tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, jumladan energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdilar.Shuningdek, 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasidagi qo‘shma biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar hamda yaqinda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
https://oz.sputniknews.uz/20251111/putin-uzbekistan-kazakhstan-gaz-hamkorlik-53391739.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005144_283:236:976:756_1920x0_80_0_0_a524b07652c87a8086902990ce52d462.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, vladimir putin, o‘zbekiston rossiya, telefon muloqoti, strategik sheriklik, ittifoqchilik, iqtisodiy hamkorlik, energetika, biznes forum, hukumatlararo komissiya, moskva viloyati, xalqaro munosabatlar, mirziyoyev putin suhbati
shavkat mirziyoyev, vladimir putin, o‘zbekiston rossiya, telefon muloqoti, strategik sheriklik, ittifoqchilik, iqtisodiy hamkorlik, energetika, biznes forum, hukumatlararo komissiya, moskva viloyati, xalqaro munosabatlar, mirziyoyev putin suhbati
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
Prezidentlar o‘zaro tovar aylanmasining o‘sish sur’atini saqlab qolish hamda dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama tadbirlarni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. 2025 yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati
xabar berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, jumladan energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdilar.
“Joriy yil 22-oktabr kuni Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi samarali bo‘lgani mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasidagi qo‘shma biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar hamda yaqinda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar rejasini muhokama qildilar.