https://oz.sputniknews.uz/20251114/eotb-ozbekiston-eoii-53482233.html
YeOTB: yangi tanlov, O‘zbekiston bilan hamkorlik va "YeOIIda ish" platformasini rivojlantirish
YeOTB: yangi tanlov, O‘zbekiston bilan hamkorlik va "YeOIIda ish" platformasini rivojlantirish
Sputnik O‘zbekiston
YeOTB O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi va YeOIIning raqamli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi. 14.11.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-11-14T19:27+0500
2025-11-14T19:27+0500
2025-11-14T19:27+0500
matbuot markazi
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb)
yeoii
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0e/53481415_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_497afbbf03fa3be8edcbc75ab8d2b462.jpg
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) boshqaruvi raisi o‘rinbosari, Raqamli tashabbuslar jamg‘armasi kuratori Tigran Sarkisan ishtirokida “YeOIIning raqamli loyihalari” mavzusida videoko‘prik muloqoti bo‘lib o‘tdi.U YeOTB Raqamli tashabbuslar jamg‘armasining har yili o‘tkaziladigan yangi raqamli loyihalar tanlovining boshlanishini e’lon qildi. Yevroosiyo makoni uchun yechimlarni taklif qiluvchi bankning barcha ishtirokchi mamlakatlaridan kompaniyalar va tashkilotlar ishtirok etishga taklif etiladi.Uning ta’kidlashicha, tanlovda g‘olib bo‘lish avtomatik tarzda moliyaviy yordam ajratilishini anglatmaydi. Biroq g‘oliblar keyinchalik bankka o‘z loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha taklif bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Arizalar 2026-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.Sarkisan O‘zbekiston bank aksiyadoriga aylanganini qayd etdi.YeOTB boshqaruvi raisi o‘rinbosari sun’iy intellekt “YeOIIda ish” platformasini yanada qulayroq qilishiga ishonch bildirdi.Unga ko‘ra, platforma doim yangilanib boriladi va sun’iy intellekt yordamida ish qidirayotganlar o‘z savollariga tez, oson va tushunarli tarzda javob olish imkoniga ega bo‘ladi.“Sun’iy intellekt mehnat migrantlariga o‘z savollariga ona tilida va murakkab ro‘yxatdan o‘tishsiz tezda javob olish imkonini beradi”, — dedi Tigran Sarkisan.
https://oz.sputniknews.uz/20250917/ozbekiston-evroosiyo-taraqqiyot-banki-52016619.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0e/53481415_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_de65bee399b06c951a5d23a30be2a89c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), yeoii, o‘zbekiston
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), yeoii, o‘zbekiston
YeOTB: yangi tanlov, O‘zbekiston bilan hamkorlik va "YeOIIda ish" platformasini rivojlantirish
Eksklyuziv
YeOTB O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi va YeOIIning raqamli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) boshqaruvi raisi o‘rinbosari, Raqamli tashabbuslar jamg‘armasi kuratori Tigran Sarkisan ishtirokida “YeOIIning raqamli loyihalari” mavzusida videoko‘prik muloqoti bo‘lib o‘tdi.
U YeOTB Raqamli tashabbuslar jamg‘armasining har yili o‘tkaziladigan yangi raqamli loyihalar tanlovining boshlanishini e’lon qildi. Yevroosiyo makoni uchun yechimlarni taklif qiluvchi bankning barcha ishtirokchi mamlakatlaridan kompaniyalar va tashkilotlar ishtirok etishga taklif etiladi.
"Ishonchim komilki, ushbu tanlov doirasida ilgari suriladigan g‘oyalar va texnologik yechimlar Yevrosiyo makonida integratsiyani chuqurlashtirishga hamda millionlab insonlarning turmush sifatini oshirishga hissa qo‘shadi”, — dedi Sarkisan.
Uning ta’kidlashicha, tanlovda g‘olib bo‘lish avtomatik tarzda moliyaviy yordam ajratilishini anglatmaydi. Biroq g‘oliblar keyinchalik bankka o‘z loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha taklif bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Arizalar 2026-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.
Sarkisan O‘zbekiston bank aksiyadoriga aylanganini qayd etdi.
“YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega O‘zbekiston bu yil bankimizning to‘laqonli aksiyadori bo‘lganidan juda mamnunmiz. Bu mamlakatga Raqamli tashabbuslar jamg‘armasi faoliyatida ishtirok etish va uning qo‘mitasida ovoz berish huquqiga ega ikkita vakilni taqdim etish imkonini beradi", — dedi u.
YeOTB boshqaruvi raisi o‘rinbosari sun’iy intellekt “YeOIIda ish” platformasini yanada qulayroq qilishiga ishonch bildirdi.
Unga ko‘ra, platforma doim yangilanib boriladi va sun’iy intellekt yordamida ish qidirayotganlar o‘z savollariga tez, oson va tushunarli tarzda javob olish imkoniga ega bo‘ladi.
“Sun’iy intellekt mehnat migrantlariga o‘z savollariga ona tilida va murakkab ro‘yxatdan o‘tishsiz tezda javob olish imkonini beradi”, — dedi Tigran Sarkisan.