O‘zbekiston rasman Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi

© press-slujba YeABRYevraziyskiy bank razvitiya
Yevraziyskiy bank razvitiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga bankning ustav kapitalidan har biri 1000 dollardan bo‘lgan 777 777 dona aksiya taqsimlandi.
TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga (OITB) a’zo bo‘ldi. 16-sentabr kuni prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat 2006-yil 12-yanvarda Ostona shahrida imzolangan YeOTBni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilish haqidagi qonunni amalga oshirish doirasida qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, O‘zbekistonga bankning ustav kapitalidan har biri 1000 dollardan bo‘lgan 777 777 dona aksiya taqsimlandi. Ulardan 168 411 tasi (21,7 foiz) to‘langan, 609 366 tasi (78,3 foiz) esa talab qilinganda to‘lanadigan aksiyalar hisoblanadi.
Aksiyalarni sotib olish bo‘yicha to‘lov jadvali tasdiqlangan. 2025-yilda zarur mablag‘lar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat budjeti hisobidan ajratiladi. 2026-yildan boshlab esa bu xarajatlar davlat budjeti parametrlariga doimiy ravishda kiritiladi.
YeOTB Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro moliyaviy tashkilotdir. 17-yildan ortiq vaqt mobaynida YeOTB o‘z a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga, har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashib kelmoqda.
YeOTBning ustav kapitali — 7 mlrd dollar. Bank portfelidagi asosiy ulushni transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalarida integratsiya effektiga ega bo‘lgan loyihalar egallaydi.
Zdanie YeABR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
O‘zbekiston YeOTBga a’zo bo‘lmoqda — mamlakatning dastlabki bosqichdagi ulushi qancha?
Yangiliklar lentasi
0