https://oz.sputniknews.uz/20251113/yollanma-tibbiy-xizmat-pul-53441325.html
Yangi tartib: yo‘llanmasiz tibbiy xizmatlar pulli asosda ko‘rsatiladi
Yangi tartib: yo‘llanmasiz tibbiy xizmatlar pulli asosda ko‘rsatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Birlamchi tibbiy yordam muassasalarida kafolatlangan paketdan tashqari xizmatlar pulli asosda ko‘rsatiladi. Hukumat tasdiqiga ko‘ra, yo‘llanmasiz murojaat qilgan mijozlar to‘lovni oldindan amalga oshirib, mutaxassis va tashxisdan o‘tadi.
2025-11-13T12:05+0500
2025-11-13T12:05+0500
2025-11-13T12:05+0500
o‘zbekiston
tibbiy ko‘rik
tibbiyot muassasi
yangi qonun
sog‘liq
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/03/23743933_0:105:2000:1230_1920x0_80_0_0_06eef9a184a62514ca0e9b18b8db3e34.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonda endilikda mijoz tibbiyot muassasasiga rejali tibbiy yordam olish uchun yo‘llanmasiz, o‘z xohishi bilan murojaat qilsa, tibbiy xizmatlar belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatiladi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Nizomga muvofiq, davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida bepul ko‘rsatiladigan xizmatlardan tashqari barcha tibbiy xizmatlar qo‘shimcha hisoblanadi va pulli tartibda amalga oshiriladi. Mijoz tibbiyot muassasalarining ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi.Tibbiyot muassasalariga kelgan shaxslar tasdiqlangan narxnoma bo‘yicha haq to‘lagandan so‘ng maslahat olish uchun mutaxassis shifokorga va (yoki) instrumental-laborator tashxis qo‘yishga yuboriladi.Tekshiruv natijalariga ko‘ra tor soha mutaxassisi ko‘rigiga yuborish va (yoki) mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda davolanish chorasi belgilanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251110/tibbiyot-raqamlashtirish-yordam-dori-aylanma-53366750.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/03/23743933_110:0:1890:1335_1920x0_80_0_0_af603a52ec9e8ac22de727f2177ea8c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
birlamchi tibbiy yordam, ptom, tibbiy xizmatlar, pulli xizmatlar, yo‘llanma, tibbiy nizom, hukumat qarori, ro‘yxatga olish, shifokor ko‘rigi, laborator tashxis, instrumental tashxis, ambulator davolash, statsionar davolash, bepul tibbiy paket, to‘lov tartibi, narxnoma, tibbiyot muassasalari
birlamchi tibbiy yordam, ptom, tibbiy xizmatlar, pulli xizmatlar, yo‘llanma, tibbiy nizom, hukumat qarori, ro‘yxatga olish, shifokor ko‘rigi, laborator tashxis, instrumental tashxis, ambulator davolash, statsionar davolash, bepul tibbiy paket, to‘lov tartibi, narxnoma, tibbiyot muassasalari
Yangi tartib: yo‘llanmasiz tibbiy xizmatlar pulli asosda ko‘rsatiladi
Yangi tartibga ko‘ra, birlamchi tibbiy yordamda kafolatlangan paketdan tashqari xizmatlar yo‘llanmasiz murojaat etilganda pulli asosda ko‘rsatiladi
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonda endilikda mijoz tibbiyot muassasasiga rejali tibbiy yordam olish uchun yo‘llanmasiz, o‘z xohishi bilan murojaat qilsa, tibbiy xizmatlar belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatiladi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom
tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida bepul ko‘rsatiladigan xizmatlardan tashqari barcha tibbiy xizmatlar qo‘shimcha hisoblanadi va pulli tartibda amalga oshiriladi. Mijoz tibbiyot muassasalarining ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi.
"Har bir mijozning tibbiy kartasiga uning shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida pulli xizmat ko‘rsatilishi belgilanadi. Mijozlar tibbiyot muassasasiga to‘lovni oldindan to‘liq to‘lash shartlarida qabul qilinadi".
Tibbiyot muassasalariga kelgan shaxslar tasdiqlangan narxnoma bo‘yicha haq to‘lagandan so‘ng maslahat olish uchun mutaxassis shifokorga va (yoki) instrumental-laborator tashxis qo‘yishga yuboriladi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra tor soha mutaxassisi ko‘rigiga yuborish va (yoki) mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda davolanish chorasi belgilanadi.