Toshkentda Multimodal tashuvlar bo‘yicha xalqaro forum ochildi

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Forumda o‘ndan ortiq xorijiy davlatlarning 400dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentda Multimodal yuk tashuvlari bo‘yichia xalqaro forum ish boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Forum O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bishkek va Gabala shaharlarida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Hududlar va Hududlar sammitlarida e’lon qilingan tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilmoqda.
Forum O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bishkek va Gabala shaharlarida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Hududlar va Hududlar sammitlarida e’lon qilingan tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilmoqda.

V Tashkente otkrilsya Mejdunarodniy forum po multimodalnim perevozkam
© Sputnik
Forumning asosiy maqsadi — global ta’minot zanjirlarining samaradorligi, barqarorligi va ishonchliligini oshirish bo‘lib, unda O‘rta va Janubiy yo‘laklar orqali multimodal yo‘nalishlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadbir ochilish marosimida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov, Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirgabayev, Ozarbayjon Raqamli rivojlanish va transport vaziri o‘rinbosari Javid Qurbanov, Qozog‘iston transport vaziri o‘rinbosari Talgat Lastayev, Turkiya transport vaziri o‘rinbosari Durmush Univar, Logistika Markazlari va Yuk Tashuvchilar Alyansi Bosh kotibi Asqar Qodirov va boshqalar nutq so‘zlaydi.
Forumda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Belarus, Bolgariya, Yaponiya, Afg‘oniston, AQSh, Germaniya va Boltiqbo‘yi davlatalaridan 400 dan ortiq davlat va xususiy tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Logistika Markazlari va Yuk Tashuvchilar Alyansi va Turkiy Davlatlar Tashkiloti tomonidan tashkil etilgan.

V Tashkente otkrilsya Mejdunarodniy forum po multimodalnim perevozkam
© Sputnik