https://oz.sputniknews.uz/20251113/logistika-markaz-quruqlik-port-uzbekistan-53450645.html
O‘zbekistonning 24 ta logistika markazi quruqlik porti maqomini oldi — tafsilotlar
O‘zbekistonning 24 ta logistika markazi quruqlik porti maqomini oldi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning 24 logistika markazi xalqaro quruqlik porti maqomini oldi. UNESCAP bitimiga muvofiq, eksport, tranzit va logistik jarayonlar yanada tezlashadi.
2025-11-13T15:55+0500
2025-11-13T15:55+0500
2025-11-13T15:55+0500
quruq port
transport
tranzit tashish
bmt
jamiyat
o‘zbekiston
transport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53450214_0:149:960:689_1920x0_80_0_0_8c2e2316b6d47388da07a13bc9e0487f.png
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonning 24 ta transport-logistika markazi BMTning “Quruqlik portlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimi”ning xalqaro ro‘yxatiga kiritilib, ularga rasman xalqaro quruqlik porti maqomi berildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Maqom Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UNESCAP) huzuridagi Quruqlik portlari bo‘yicha 6-Ishchi guruh yig‘ilishida berildi.Quruqlik portlari hududlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:Bu maqom O‘zbekistonga nima beradi?Xalqaro quruqlik porti maqomi logistika markazlariga quyidagi imkoniyatlarni ochadi:
https://oz.sputniknews.uz/20251015/central-asia-tranzit-oshish-52724441.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53450214_0:0:920:689_1920x0_80_0_0_dca4a8d2d4246dfbd8871c5023643616.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
quruqlik porti, suxoy port, unescap, bmt bitimi, logistika markazlari, transport-logistika, tranzit salohiyati, eksport imkoniyatlari, bojxona rasmiylashtiruvi, konteyner tashish, intermodal tashish, xalqaro yuk tashish, toshkent logistikasi, transport sektori, logistika islohotlari, yuk aylanmasi, o‘zbekiston tranziti, qit’alararo yo‘laklar, regional logistika, eksport jarayonlari, transport infratuzilmasi, bir darcha tamoyili, tashuv xizmatlari, yuk eksporti.
quruqlik porti, suxoy port, unescap, bmt bitimi, logistika markazlari, transport-logistika, tranzit salohiyati, eksport imkoniyatlari, bojxona rasmiylashtiruvi, konteyner tashish, intermodal tashish, xalqaro yuk tashish, toshkent logistikasi, transport sektori, logistika islohotlari, yuk aylanmasi, o‘zbekiston tranziti, qit’alararo yo‘laklar, regional logistika, eksport jarayonlari, transport infratuzilmasi, bir darcha tamoyili, tashuv xizmatlari, yuk eksporti.
O‘zbekistonning 24 ta logistika markazi quruqlik porti maqomini oldi — tafsilotlar
Ta’kidlanishicha, bu mamlakatning tranzit salohiyatini oshirib, eksport va konteyner tashish zanjirlarini ancha soddalashtiradi
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonning 24 ta transport-logistika markazi BMTning “Quruqlik portlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimi”ning xalqaro ro‘yxatiga kiritilib, ularga rasman xalqaro quruqlik porti maqomi berildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Maqom Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UNESCAP) huzuridagi Quruqlik portlari bo‘yicha 6-Ishchi guruh yig‘ilishida berildi.
Quruqlik portlari hududlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:
Surxondaryo viloyati — 3 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 ta
Samarqand viloyati — 1 ta
Bu maqom O‘zbekistonga nima beradi?
Xalqaro quruqlik porti maqomi logistika markazlariga quyidagi imkoniyatlarni ochadi:
Xalqaro tranzitga to‘liq qo‘shilish: markazlar konteyner qabul qilish, qayta yuklash, bojxona rasmiylashtiruvi va tranzit hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro standartlarda amalga oshiradi.
Eksport va import tezlashadi: bojxona va sertifikatlashtirish jarayonlari portlar darajasida soddalashtiriladi.
Logistika xarajatlari kamayadi: yuk tashuvchilar va eksportchilar uchun vaqt va mablag‘ tejaladi.
Tranzit daromadlari ortishi mumkin: xorijiy yuk oqimi O‘zbekiston hududi orqali ko‘proq o‘tadi.
Investorlar uchun jozibadorlik oshadi: xalqaro maqomga ega markazlarga logistika kompaniyalari va xorijiy operatorlar kirishi osonlashadi.
Intermodal tashish imkoniyatlari kengayadi: avtomobil, temir yo‘l va havo yo‘li orqali birlashgan logistika zanjiri yuzaga keladi.