https://oz.sputniknews.uz/20251113/cis-prezident-maqola-53440424.html
MO: siyosiy yaqinlashuv, iqtisodiy o‘sish, chegaradagi o‘zaro ishonch — Mirziyoyev maqolasi
MO: siyosiy yaqinlashuv, iqtisodiy o‘sish, chegaradagi o‘zaro ishonch — Mirziyoyev maqolasi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” maqolasida mintaqadagi hamkorlik, iqtisodiy o‘sish, chegara masalalarining hal etilishi va mintaqaviy barqarorlik bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar yoritildi.
2025-11-13T11:25+0500
2025-11-13T11:25+0500
2025-11-13T11:25+0500
hamkorlik
markaziy osiyo
aqsh
rossiya
xitoy
chegara
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/19/50837681_0:0:2560:1441_1920x0_80_0_0_6374441347c8ad45d555e237932a6743.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi arafasida prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Quyida ushbu maqolaning qisqacha varianti bilan tanishishingiz mumkin:Markaziy Osiyo bugun o‘z taraqqiyotining yangi va tarixiy ahamiyatga ega bosqichiga kirmoqda. Mintaqada o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmatka asoslangan yangi siyosiy muhit shakllanmoqda, deya yozadi davlat rahbari.So‘nggi yillarda mintaqaviy muammolarga birgalikda yechim topish borasida muhim siljishlar kuzatildi. Davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari asosiy muloqot maydoni sifatida mustahkamlanib, strategik masalalar bo‘yicha umumiy yondashuvlar ishlab chiqilmoqda.Mirziyovning ta’kidlashicha, iqtisodiy sohada ham jiddiy o‘sish kuzatilmoqda: so‘nggi sakkiz yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti qariyb ikki yarim barobarga o‘sib, 520 milliard dollarga yetdi; tashqi savdo hajmi esa ikki karradan ortiq oshib, 253 milliard dollarga yetdi. Bu o‘z navbatida chegaraoldi savdo, transport infratuzilmasi va qo‘shma sanoat loyihalarining faol rivojlanishi bilan bog‘liq.Gumanitar sohada hamkorlik kuchayib, ta’lim, madaniyat va fan yo‘nalishlarida doimiy muloqot maydonlari shakllandi. Odamlarning erkin harakatlanishi soddalashtirilib, ID-kartalar orqali o‘tish tizimi yo‘lga qo‘yildi.Markaziy Osiyo tashqi siyosatda ham yagona pozitsiyaga ega mintaqaviy subyekt sifatida namoyon bo‘lmoqda. “Markaziy Osiyo plyus” formatlari Rossiya, YeI, Xitoy, AQSh va boshqa sheriklar bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.Mintaqaning demografik salohiyati — yoshlar, innovatsiya va inson kapitali — kelgusi taraqqiyotning asosiy drayveriga aylanishi lozim. Hamkorlik suverenitet va teng huquqlilik prinsiplari asosida amalga oshirilishi qayd etilgan.Mintaqaviy kun tartibidagi asosiy vazifalar: institutsional hamkorlikni mustahkamlash, xavfsizlik mexanizmlarini kuchaytirish, savdo va investitsiyalarni soddalashtirish, “yashil iqtisodiyot” va ekologik barqarorlik bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, gumanitar dasturlar va ta’lim almashinuvini rivojlantirish, tashqi siyosatda kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.Bugungi Markaziy Osiyo — tinchlikka intilayotgan, barqaror rivojlanish va birgalikdagi taraqqiyotni maqsad qilgan mintaqa. Mamlakatlar devorlar emas, ko‘priklar barpo etmoqda. Maqsad — barcha xalqlar uchun tinchlik va farovonlik makoni bo‘lgan Yangi Markaziy Osiyoni birgalikda barpo etish, deya xulosa qiladi O‘zbekiston yetakchisi.
https://oz.sputniknews.uz/20251028/chegara-shartnoma-53042593.html
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/19/50837681_233:0:2508:1706_1920x0_80_0_0_787e170cfd49dd404911f94875694213.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo, prezident shavkat mirziyoyev, maslahat uchrashuvi, mintaqaviy hamkorlik, chegara masalalari, iqtisodiy o‘sish, yaim, tashqi savdo, ges loyihalari, qambarota, zarafshon, transafg‘on temir yo‘li, afg‘oniston, “markaziy osiyo plyus”, mintaqaviy xavfsizlik, “yashil iqtisodiyot”, id-karta, integratsiya, tashqi siyosat, mintaqaviy barqarorlik, o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik, mintaqaviy yaqinlashuv., afgoniston
markaziy osiyo, prezident shavkat mirziyoyev, maslahat uchrashuvi, mintaqaviy hamkorlik, chegara masalalari, iqtisodiy o‘sish, yaim, tashqi savdo, ges loyihalari, qambarota, zarafshon, transafg‘on temir yo‘li, afg‘oniston, “markaziy osiyo plyus”, mintaqaviy xavfsizlik, “yashil iqtisodiyot”, id-karta, integratsiya, tashqi siyosat, mintaqaviy barqarorlik, o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik, mintaqaviy yaqinlashuv., afgoniston
MO: siyosiy yaqinlashuv, iqtisodiy o‘sish, chegaradagi o‘zaro ishonch — Mirziyoyev maqolasi
Shavkat Mirziyoyev o‘z maqolasida mintaqadagi hamkorlik, iqtisodiy o‘sish, chegara masalalarining hal etilishi va mintaqaviy barqarorlik bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi arafasida prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali
maqolasi e’lon qilindi.
Quyida ushbu maqolaning qisqacha varianti bilan tanishishingiz mumkin:
Markaziy Osiyo bugun o‘z taraqqiyotining yangi va tarixiy ahamiyatga ega bosqichiga kirmoqda. Mintaqada o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmatka asoslangan yangi siyosiy muhit shakllanmoqda, deya yozadi davlat rahbari.
So‘nggi yillarda mintaqaviy muammolarga birgalikda yechim topish borasida muhim siljishlar kuzatildi. Davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari asosiy muloqot maydoni sifatida mustahkamlanib, strategik masalalar bo‘yicha umumiy yondashuvlar ishlab chiqilmoqda.
Mintaqaviy hamkorlikning eng muhim yutuqlaridan biri — chegara masalalarining hal etilishi va chegaralarning do‘stlik ko‘prigiga aylanishidir. Suv-energetika sohasidagi sheriklik, birgalikdagi GES loyihalari mintaqaning manfaatlarini uyg‘unlashtirmoqda.
Mirziyovning ta’kidlashicha, iqtisodiy sohada ham jiddiy o‘sish kuzatilmoqda: so‘nggi sakkiz yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti qariyb ikki yarim barobarga o‘sib, 520 milliard dollarga yetdi; tashqi savdo hajmi esa ikki karradan ortiq oshib, 253 milliard dollarga yetdi. Bu o‘z navbatida chegaraoldi savdo, transport infratuzilmasi va qo‘shma sanoat loyihalarining faol rivojlanishi bilan bog‘liq.
Gumanitar sohada hamkorlik kuchayib, ta’lim, madaniyat va fan yo‘nalishlarida doimiy muloqot maydonlari shakllandi. Odamlarning erkin harakatlanishi soddalashtirilib, ID-kartalar orqali o‘tish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Markaziy Osiyo tashqi siyosatda ham yagona pozitsiyaga ega mintaqaviy subyekt sifatida namoyon bo‘lmoqda. “Markaziy Osiyo plyus” formatlari Rossiya, YeI, Xitoy, AQSh va boshqa sheriklar bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Afg‘oniston masalasida hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Transafg‘on temir yo‘li va gumanitar loyihalar mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Mintaqaning demografik salohiyati — yoshlar, innovatsiya va inson kapitali — kelgusi taraqqiyotning asosiy drayveriga aylanishi lozim. Hamkorlik suverenitet va teng huquqlilik prinsiplari asosida amalga oshirilishi qayd etilgan.
Mintaqaviy kun tartibidagi asosiy vazifalar: institutsional hamkorlikni mustahkamlash, xavfsizlik mexanizmlarini kuchaytirish, savdo va investitsiyalarni soddalashtirish, “yashil iqtisodiyot” va ekologik barqarorlik bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, gumanitar dasturlar va ta’lim almashinuvini rivojlantirish, tashqi siyosatda kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
Bugungi Markaziy Osiyo — tinchlikka intilayotgan, barqaror rivojlanish va birgalikdagi taraqqiyotni maqsad qilgan mintaqa. Mamlakatlar devorlar emas, ko‘priklar barpo etmoqda. Maqsad — barcha xalqlar uchun tinchlik va farovonlik makoni bo‘lgan Yangi Markaziy Osiyoni birgalikda barpo etish, deya xulosa qiladi O‘zbekiston yetakchisi.