“Tamg‘a qo‘yadigan joy yo‘q”: Zaxarova BBC bosh direktori iste’fosiga munosabat bildirdi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy.
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Britaniya teleradiokorporatsiyasi Bucha voqeasini soxtalashtirganini ta’kidladi.
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Rahbariyati iste’foga chiqqan Britaniya teleradiokorporatsiyasiga (BBC) “tamg‘a qo‘yadigan joyning o‘zi yo‘q”, ular Bucha voqeasini soxtalashtirgan va boshqa yolg‘on ma’lumotlar yaratish bilan shug‘ullanishgan. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Ularga tamg‘a qo‘yadigan joy yo‘q. Buchadagi soxtalashtirishni ham xuddi shunday “tahrirlagan, aslida axborot jihatdan aynan “Bi-bi-si” soxtalashtirgan”, - dedi Zaxarova “Vzglyad” nashriga bergan intervyusida.
Rossiya rasmiy vakilining ta’kidlashicha, BBC jurnalistlari “Sochidagi Olimpiada arafasida rossiyalik muxlislar haqidagi voqealarni, Suriyada haqida yolg‘on xabarlarni to‘qib chiqarishgan, Skripallar haqida mantiqsiz yolg‘onlar va boshqalar voqealarni bo‘rttirishgan.
Avvalroq “The Telegraph” telekompaniya Donald Trampning 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga hujum oldidan so‘zlagan nutqini soxtalashtirganini yozgandi. Videoda Trampning 2021-yil 6-yanvarda so‘zlagan nutqidan parchalar shunday montaj qilinganki, go‘yo AQSh prezidenti o‘z tarafdorlariga ular bilan birga Kapitoliyga borishini va “sher kabi jang qilishini” aytadi. Aslida Tramp boshqa narsa haqida gapirgan.
Buning ortidan BBC bosh direktori Tim Deyvi va BBC News yangiliklar bo‘limi rahbari Debora Terness iste’foga chiqdi.
AQSh prezidentining matbuot kotibi Kerolayn Levitt “Bi-bi-si"ni yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi.
Donald Tramp o‘zining "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida BBC bosh direktorining iste’fosiga munosabat bildirdi.
“Hamma iste’foga chiqadi yoki ishdan bo‘shayapti, chunki ular mening 6-yanvardagi juda yaxshi nutqimni “buzib” efirga uzatganlikda qo‘lga tushdi. Bu prezidentlik saylovlariga aralashishga uringan o‘ta vijdonsiz odamlar. Buning ustiga, ular bizning birinchi raqamli ittifoqchimiz deb hisoblaydigan mamlakatdan. Demokratiya uchun qanday dahshat!”, - deb yozdi Tramp.
2021 yil 6-yanvar kuni, Tramp saylovlarda mag‘lub bo‘lganidan ikki oy o‘tgach, uning tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirishgandi. Bu yerda saylovlarda Jo Bayden g‘alaba qozonganini tasdiqlash uchun kongress yig‘ilishi o‘tkazilishi kerak edi. O‘shanda to‘qnashuvlar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi,140 nafar politsiyachi jarohatlandi.
Ushbu voqeadan so‘ng Trampga qarshi bir nechta jinoyat ishlari ochildi. Tramp ikkinchi marta prezidentga saylangandan keyin Kapitoliyga hujum qilish ayblovi bilan qamalgan 1,5 ming nafar tarafdorini afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2025
Mariya Zaxarova Yaponiya tahlilchilari ayblovlariga javob berdi
Yangiliklar lentasi
0