Mariya Zaxarova Yaponiya tahlilchilari ayblovlariga javob berdi

© Press-slujba MID RF
/ Obuna bo‘lish
Zaxarova: Yaponiya o‘zining yaqin hamkori Amerika kabi, hukmron partiya reytinglari nolga tushib ketganda, o‘zini oqlash uchun saylovlarda “Rossiya izini” qidirishni boshladi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yaponiya tahlilchilari ayblovlariga kinoya bilan javob berdi.
“Yaponiya o‘zining yaqin hamkori Amerika kabi, hukmron partiya reytinglari nolga tushib ketganda, o‘zini oqlash uchun saylovlarda “Rossiya izini” qidirishni boshladi. Muxolifat vakilining Sputnik agentligiga bergan (birgina-tahr.) intervyusi hukmron partiyaning mutlaqo mag‘lub bo‘lishiga olib kelganiga ishonish qiyin. Agar bu rost bo‘lsa, Sputnik jurnalistlari maoshini oshirishni talab qilsa ham bo‘ladi. Lekin, menimcha, Yaponiya rahbariyati bugun tanlagan yo‘li, ular olib borayotgan ichki va tashqi siyosati yaponiyalik saylovchilarning kutishlariga javob beradimi yo‘qmi, shunga e’tibor qaratsa to‘g‘riroq bo‘lardi”, - dedi Rossiya TIV rasmiy vakili.
20 iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Yaponiyaning Liberal-demokratik partiyasi va Komeyto partiyasidan iborat hukmron bloki parlament yuqori palatasida ko‘pchilikni yo‘qotgan edi. Buning oqibatida bosh vazir Sigeru Isiba iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Shundan so‘ng “Yaponiya huquq va axborot tizimlari instituti” tahliliy markazi xodimi Ichiro Yamamoto muxolifat nomzodi, xonanda Saya Sputnik Yaponiya axborot agentligiga intervyu bergani tufayli saylovlar arafasida juda mashhur bo‘lib ketganini ma’lum qilgandi.