https://oz.sputniknews.uz/20251110/tibbiyot-xodimlar-imtiyozlar-53352853.html
Prezident qarori: tibbiyot xodimlariga 5 kunlik ish hafta, 30 mln mukofot va boshqa imtiyozlar
Prezident qarori: tibbiyot xodimlariga 5 kunlik ish hafta, 30 mln mukofot va boshqa imtiyozlar
Sputnik O‘zbekiston
2026 yildan davlat shifokorlari besh kunlik ish haftasiga o‘tadi, har yili rag‘batlantiriladi va bir qator ijtimoiy imtiyozlardan foydalanadi.
2025-11-10T10:16+0500
2025-11-10T10:16+0500
2025-11-10T10:21+0500
o‘zbekiston
tibbiyot muassasi
yangi qonun
mukofot
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1d/15073501_0:114:1280:834_1920x0_80_0_0_05ee88fae3a9146138c2198172ccf4d4.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. 2026-yil 1-apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalari xodimlari uchun besh kunlik ish haftasi joriy etiladi. Bu prezident imzolagan "Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorda ko‘zda tutilgan.Asosiy yangiliklar (davlat muassasalari uchun)Ular xorijda malaka oshirish va davlat mukofotlariga tavsiya etiladi.Moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash:Qo‘shimcha imtiyozlarUshbu maqsadlar uchun har yili 100 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi va indeksatsiya qilib boriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251109/tibbiyot-xodimlar-taqdirlanish-53342848.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1d/15073501_231:195:1044:804_1920x0_80_0_0_069b50018644a7ff51c1a48e556032fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident qarori, davlat tibbiyot muassasalari, shifokorlar, farmatsevtika xodimlari, besh kunlik ish haftasi, tibbiyot xodimlari kuni, rag‘batlantirish, jamg‘arma, moddiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, maosh, mukofot, tibbiyot sohasi, nominatsiyalar, “eng yaxshi shifoxona”, “eng yaxshi shifokor”, malaka oshirish, uy-joy imtiyozlari, sanatoriy yo‘llanmasi, davlat xizmatlari, bhm, otm kontrakti, ilmiy maqola, akkreditatsiya, ustama, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari
prezident qarori, davlat tibbiyot muassasalari, shifokorlar, farmatsevtika xodimlari, besh kunlik ish haftasi, tibbiyot xodimlari kuni, rag‘batlantirish, jamg‘arma, moddiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, maosh, mukofot, tibbiyot sohasi, nominatsiyalar, “eng yaxshi shifoxona”, “eng yaxshi shifokor”, malaka oshirish, uy-joy imtiyozlari, sanatoriy yo‘llanmasi, davlat xizmatlari, bhm, otm kontrakti, ilmiy maqola, akkreditatsiya, ustama, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari
Prezident qarori: tibbiyot xodimlariga 5 kunlik ish hafta, 30 mln mukofot va boshqa imtiyozlar
10:16 10.11.2025 (yangilandi: 10:21 10.11.2025) Qaror tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish va kasbiy nufuzini yuksaltirishga qaratilgan.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. 2026 yil 1-apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalari xodimlari uchun besh kunlik ish haftasi joriy etiladi. Bu prezident imzolagan "Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
qarorda ko‘zda tutilgan.
Asosiy yangiliklar (davlat muassasalari uchun)
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan xodimlar har yili eng kam oylik ish haqi miqdorida rag‘batlantiriladi.
Davlat muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi shifoxona”, “Eng yaxshi rahbar”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori” va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi.
Tanlov g‘oliblari quyidagicha rag‘batlantiriladi: muassasalar — 500 million so‘m, rahbar va shifokorlar — 30 million so‘m.
Ular xorijda malaka oshirish va davlat mukofotlariga tavsiya etiladi.
Moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash:
Tuman darajasida yangi davolash usulini joriy etgan davlat shifokorlari — BHMning 50 baravari miqdorida mukofot oladi.
15 yil ish stajiga ega davlat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari farzandlari uchun oliy ta’lim kontraktining 30 foizi qoplab beriladi.
Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bilan bog‘liq xarajatlar davlat hisobidan qoplanadi.
Har yili 500 nafar davlat tibbiyot xodimi uy-joy ipotekasining 25 foiz dastlabki badali bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Milliy akkreditatsiyadan o‘tgan davlat muassasalari xodimlariga maoshning 10 foizi miqdorida ustama beriladi.
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3-yil ish stajiga ega xodimlar uchun — bepul yuqori texnologik tibbiy yordam, 15-yildan ortiq staji borlar uchun — sanatoriyga bepul yo‘llanma beriladi;
Davlat xizmatlari uchun to‘lovlar — ikki barobarga kamaytiriladi.
Ushbu maqsadlar uchun har yili 100 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi va indeksatsiya qilib boriladi.