Innovatsion "xab", BMT ko‘magida markaz yaratish — Abdurahmonov qanday takliflar berdi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaV Tashkente proxodit soveshanie ministrov selskogo xozaystva SA
V Tashkente proxodit soveshanie ministrov selskogo xozaystva SA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi vaziri mintaqada agrar sohani rivojlantirish va hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov mintaqada o‘simliklarni muhofaza qilish va zararkunandalarga qarshi tezkor javob tizimini yaratishni taklif qildi.
Shuningdek, vazir mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan:
tashkil etilayotgan “Markaziy Osiyo raqamli agrar alyansi” hamda mintaqaviy raqamli qishloq xo‘jaligi platformasi birinchi forumini Toshkentda o‘tkazish;
dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar uchun agrar-innovatsion xab yaratish;
BMTning Ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ko‘magida “Agrobiologik bilimlar va innovatsiyalar markazi”ni Toshkentda tashkil etish.

Abdurahmonovning ta’kidlashicha, ushbu markaz mintaqaviy o‘quv va malaka oshirish dasturlarini amalga oshiradi hamda ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantiradi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi rahbariyati, Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda mahalliy va xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi.
Rechka Sherabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik xavfini kamaytirish uchun 250 mln dollar ajratildi
Yangiliklar lentasi
0