Riyod 2025: O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlarida 5 ta medal qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOKUzbekistan zavoyeval 5 medaley na Igrax islamskoy solidarnosti
Uzbekistan zavoyeval 5 medaley na Igrax islamskoy solidarnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2025
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda davom etayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi dzudo va erkin suzish bo‘yicha medallarga sazovor bo‘ldi
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. VI Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi hamda futzal terma jamoamiz yarim finalga yo‘l oldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medal:
Zamoxshari Bekmurodov (dzudo, -66 kg)
Kumush medallar:
Shahram Ahadov (dzudo, -73 kg)
Ilya Sibirsev (erkin suzish, 1500 metr)
Bronza medallari:
Laziza Haydarova (dzudo, -48 kg)
Shukurjon Aminova (dzudo, -57 kg)
Ushbu natijalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi mutlaq medallar jamg‘armasi bo‘yicha hozircha Turkiya va Indoneziyadan keyin 3-o‘rinda qayd etilmoqda.
Bundan tashqari, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Liviyaga qarshi uchrashuvni 2:2 hisobida yakunladi. Endilikda futzalchilar yarim finalda Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Svoyey pobedoy Jalolov polojil krasiviy kones svoyey karyere v lyubitelskom bokse, i teper budet vistupat v professionalnom ringe.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2025
Mag‘lubiyatsiz nokautchilar: Bahodir Jalolovning keyingi raqibi ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0