https://oz.sputniknews.uz/20251107/mirziyoev-tramp-53296204.html
Oq uyda Mirziyoyev va Trampning muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Oq uyda Mirziyoyev va Trampning muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2025-11-07T10:09+0500
2025-11-07T10:09+0500
2025-11-07T10:09+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
donald tramp
o‘zbekiston
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/07/53292971_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_9967c4a659694af074dbeff4e52a3134.jpg
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.Mirziyoyev Donald Trampni ichki va tashqi siyosatdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning o‘tkir xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasida qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.Donald Tramp shu kunlarda O‘zbekiston yetakchisi AQSh hukumati vakillari, yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuv va muzokaralar o‘tkazganini olqishladi.Yetakchilar qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish muhimligini ta’kidlashdi.Uchrashuv yakunida O‘zbekiston rahbari AQSh yetakchisini o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/07/53292971_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a4a7ee7a38eaf0e90e3e0c3211387d4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev aqsh prezidenti donald tramp uchrashuv
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev aqsh prezidenti donald tramp uchrashuv
Oq uyda Mirziyoyev va Trampning muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Yetakchilar qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.
Mirziyoyev Donald Trampni ichki va tashqi siyosatdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning o‘tkir xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasida qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.
Donald Tramp shu kunlarda O‘zbekiston yetakchisi AQSh hukumati vakillari, yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuv va muzokaralar o‘tkazganini olqishladi.
Yetakchilar qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish muhimligini ta’kidlashdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston rahbari AQSh yetakchisini o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.