https://oz.sputniknews.uz/20251107/chiqindi-xizmatlar-tolov-53310916.html
Chiqindi xizmatlarida faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi
Chiqindi xizmatlarida faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari sohasida iste’molchilarga faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi. Shuningdek, iste’molchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
2025-11-07T18:11+0500
2025-11-07T18:11+0500
2025-11-07T18:11+0500
jamiyat
chiqindixona
to‘lov
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/14/47215818_0:409:2506:1819_1920x0_80_0_0_cf4c212e0606af78f3312d9e7033f7a4.jpg
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari sohasida iste’molchilarga faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.Shuningdek, iste’molchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.To‘lovlardan tushgan mablag‘lar bevosita Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining maxsus hisob raqamiga yo‘naltiriladi.Jamlangan mablag‘lar hisobidan haq to‘lash belgilangan subyektlar (sanitar tozalash korxonalari, poligonlar, chiqindi yoqish zavodlari, ekosanoat hududlari va boshqalar)ga alohida tartibga muvofiq hisobga olishning yagona tizimi orqali:Baholash natijasida sanitar tozalash korxonalari "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratiladi. Mazkur toifalar sanitar tozalash korxonalari uchun haq to‘lashda inobatga olinadi. Ya’ni samaradorlik ko‘rsatkichi yuqori baholangan "yashil" toifadagi sanitar tozalash korxonalariga "qizil", "sariq" toifadagilarga nisbatan ko‘proq haq to‘lanadi. Bu tartib sanitar tozalash korxonalarining KPI ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251104/chiqindi-xizmatlar-tolovlar-onlayn-53227987.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/14/47215818_0:168:2506:2048_1920x0_80_0_0_daceeff28183bdaa82561844240234ac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chiqindi xizmatlar xizmatlar to‘lov onlayn
chiqindi xizmatlar xizmatlar to‘lov onlayn
Chiqindi xizmatlarida faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi
To‘lovlardan tushgan mablag‘lar bevosita Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining maxsus hisob raqamiga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari sohasida iste’molchilarga faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
xabar bermoqda.
Shuningdek, iste’molchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
To‘lovlardan tushgan mablag‘lar bevosita Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining maxsus hisob raqamiga yo‘naltiriladi.
Jamlangan mablag‘lar hisobidan haq to‘lash belgilangan subyektlar (sanitar tozalash korxonalari, poligonlar, chiqindi yoqish zavodlari, ekosanoat hududlari va boshqalar)ga alohida tartibga muvofiq hisobga olishning yagona tizimi orqali:
sanitar tozalash korxonalariga qattiq maishiy chiqindilarni poligonga yoki chiqindilarni qayta yuklash punktlariga topshirgani uchun (alohida tartib asosida tonna/kilometr hisobida);
chiqindi poligonlariga/chiqindilarni qayta yuklash punktiga/chiqindilarni yoqish zavodiga chiqindilarni qabul qilgani va utilizatsiya qilgani uchun (tonna hisobida);
ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga (har bir tonnasi uchun) belgilangan tartibda to‘lab beriladi.
"Natijada mablag‘larning maqsadli sarflanishi, tizimda moliyaviy intizom va nazoratning kuchaytirilishi ta’minlanadi. Qolaversa, har oy yakuni bilan xizmat ko‘rsatuvchi sanitar tozalash korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari baholab boriladi", — deyiladi xabarda.
Baholash natijasida sanitar tozalash korxonalari "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratiladi. Mazkur toifalar sanitar tozalash korxonalari uchun haq to‘lashda inobatga olinadi. Ya’ni samaradorlik ko‘rsatkichi yuqori baholangan "yashil" toifadagi sanitar tozalash korxonalariga "qizil", "sariq" toifadagilarga nisbatan ko‘proq haq to‘lanadi. Bu tartib sanitar tozalash korxonalarining KPI ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.