2026 yildan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat onlayn amalga oshiriladi

© Press-slujba MinekologiiV Uzbekistane probuyut noviy metod vivoza musora — pod klassicheskuyu muziku
V Uzbekistane probuyut noviy metod vivoza musora — pod klassicheskuyu muziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Obuna bo‘lish
2026 yildan chiqindi xizmatlari uchun to‘lov qilishning uchta usuli saqlab qolinadi.
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat onlayn tarzda amalga oshiradi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.
Agentlikka ko‘ra, bu chora-tadarlar to‘lov tizimini aholi uchun qulay qilish, hisob-kitoblarda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiya xavfini kamaytirishni maqsad qiladi. Bu borada barcha sanitar tozalash korxonalariga tegishli ko‘rsatma berilgan.
Ma’lumot uchun: 2025-yil 7-martda qabul qilingan 1044-sonli Qonunga muvofiq, chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikka ega iste’molchilarga SMS orqali xabar beriladi. Qarz to‘lanmaguncha ulardan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilish vaqtinchalik cheklanadi.
Prezidentning 2024-yil 4-yanvardagi 5-sonli va 2025-yil 24-martdagi 56-sonli farmonlariga ko‘ra, chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar hamda abonentlar hisobini yuritish faqat quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
“Toza makon” billing tizimi orqali;
elektron to‘lov tizimlari orqali;
interneti bilan ta’minlanmagan, hudud markazidan olis hududlarda — bank kassalari va “O‘zbekiston pochtasi” AJ bo‘limlari orqali.
Poligon Yadrovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
O‘zbekistonda 2024–2025 yillarda 47 ta maishiy chiqindi poligoni yopildi
Yangiliklar lentasi
0