https://oz.sputniknews.uz/20251106/uzbekistan-pul-otkazmalar-oshish-53268187.html
Markaziy bank: 2026-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 10 foizgacha oshishi kutilmoqda
Markaziy bank: 2026-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 10 foizgacha oshishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 6–10 foizga oshishi kutilmoqda. Bu ishchi kuchiga bo‘lgan yuqori talab va migratsiya geografiyasining kengayishi bilan izohlanadi.
2025-11-06T12:32+0500
2025-11-06T12:32+0500
2025-11-06T13:02+0500
o‘zbekiston
rossiya
markaziy bank
migrantlar
iqtisod
pul jo‘natmalari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0d/44358898_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c5691b47e745268bca3bc59649c01839.jpg
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 2026-yilda 2025-yilga nisbatan 6–10 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu holat mehnat migrantlari faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda ishchi kuchiga bo‘lgan yuqori talab bilan izohlanadi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib RIA Novosti xabar berdi.May oyida regulyator 2025-yilda chet eldan keladigan pul o‘tkazmalari hajmi 2024-yilga nisbatan 15-18 foizga oshib, 17,5 milliard dollarga yetishi mumkinligini taxmin qilgan edi.Pul o‘tkazmalari hajmining o‘sishiga mehnat migrantlari ko‘p ishlaydigan mamlakatlar valyuta kurslarining barqarorligi, ishchi kuchiga yuqori talab va rivojlangan davlatlarga migratsiyaning kengayishi kabi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda.Pul o‘tkazmalari ko‘plab oilalar uchun muhim daromad manbai bo‘lib qolmoqda. 2024-yilda xorijda vaqtincha ishlayotgan fuqarolar soni 1,5 barobarga kamayib, 1,3 million kishini tashkil etdi. Rossiyadagi mehnat migrantlari soni esa 1,7 barobarga qisqarib, taxminan 700 ming nafarni tashkil etdi.Shunga qaramay, 2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari umumiy hisobda 30 foizga, Rossiyadan kelgan o‘tkazmalar esa 29 foizga oshdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250912/ozbekiston-pul-otkazmalari-51933261.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0d/44358898_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_ec4362316c2199c7da8e3e951a840d59.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, pul o‘tkazmalari, mehnat muhojirlari, markaziy bank prognozi, rossiyadan o‘tkazmalar, valyuta tushumlari, 2026 prognoz, migratsiya, ishchi kuchi talabi, valyuta kurslari
o‘zbekiston, pul o‘tkazmalari, mehnat muhojirlari, markaziy bank prognozi, rossiyadan o‘tkazmalar, valyuta tushumlari, 2026 prognoz, migratsiya, ishchi kuchi talabi, valyuta kurslari
Markaziy bank: 2026-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 10 foizgacha oshishi kutilmoqda
12:32 06.11.2025 (yangilandi: 13:02 06.11.2025) Markaziy bank prognoziga ko‘ra, 2026-yilda xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi o‘sishda davom etadi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkazmalarning 75 foizidan ortig‘i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 2026-yilda 2025-yilga nisbatan 6–10 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu holat mehnat migrantlari faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda ishchi kuchiga bo‘lgan yuqori talab bilan izohlanadi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib RIA Novosti
xabar berdi.
May oyida regulyator 2025-yilda chet eldan keladigan pul o‘tkazmalari hajmi 2024-yilga nisbatan 15-18 foizga oshib, 17,5 milliard dollarga yetishi mumkinligini taxmin qilgan edi.
“2026 yilda pul o‘tkazmalari joriy va o‘tgan yillardagi yuqori baza fonida 6-10 foizga, o‘rta muddatli istiqbolda esa 8-12 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda”, — deyiladi Markaziy bank bayonotida.
Pul o‘tkazmalari hajmining o‘sishiga mehnat migrantlari ko‘p ishlaydigan mamlakatlar valyuta kurslarining barqarorligi, ishchi kuchiga yuqori talab va rivojlangan davlatlarga migratsiyaning kengayishi kabi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda.
2025 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 24 foizga oshib, 13,9 milliard dollarga yetdi. O‘tkazmalarning 75 foizidan ortig‘i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Pul o‘tkazmalari ko‘plab oilalar uchun muhim daromad manbai bo‘lib qolmoqda. 2024-yilda xorijda vaqtincha ishlayotgan fuqarolar soni 1,5 barobarga kamayib, 1,3 million kishini tashkil etdi. Rossiyadagi mehnat migrantlari soni esa 1,7 barobarga qisqarib, taxminan 700 ming nafarni tashkil etdi.
Shunga qaramay, 2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari umumiy hisobda 30 foizga, Rossiyadan kelgan o‘tkazmalar esa 29 foizga oshdi.