Xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi qanchaga oshdi

Obuna bo‘lish
Sakkiz oyda O‘zbekistonga xorijdan 12 mlrd dollardan ortiq pul o‘tkazmalari kelib tushgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgustida O‘zbekistonga xorijdan 12 mlrd dollardan ortiq pul o‘tkazmalari amalga oshirildi.
Yil boshidan buyon amalga oshirilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 23 foizga o‘sgan.
Iyulda o‘tkazmalar hajmi rekord darajadagi 2 mlrd dollarga yaqinlashdi (2024 yil iyuliga nisbatan o‘sish 10,5%), avgustda esa 1,85 mlrd dollarni (+19,9%) tashkil etdi. Birinchi yarim yillikda jo‘natmalarning asosiy ulushi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan - 78%.
Pul o‘tkazmalari hajmi yildan yilga qanday o‘sayotgani Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0