“To‘rt yurak”: O‘zbekiston rus drama teatrlari bir loyihada birlashdi

© SputnikV Tashkente proxodat Vstrechi russkix dramaticheskix teatrov Uzbekistana
V Tashkente proxodat Vstrechi russkix dramaticheskix teatrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Dasturdan klassiklar spektakllari, amaliy laboratoriyava boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin olgan.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston rus drama teatrlarining “To‘rt yurak” uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Loyiha mamlakatning to‘rtta rus drama teatrini birlashtirdi: O‘zbekiston Davlat akademik rus drama teatri, Samarqand va Farg‘ona viloyat rus drama teatrlari hamda O‘zbekiston davlat yoshlar teatri.
Tadbir 2-noyabr kuni fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘llari” nomli adabiy-musiqiy kompozitsiya bilan ochildi. Uchrashuvlar dasturida M.M. Zoshenko, F.M. Dostoyevskiy, S. Mrojek va B. Irzayev asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar.
© SputnikV Tashkente proxodat Vstrechi russkix dramaticheskix teatrov Uzbekistana
V Tashkente proxodat Vstrechi russkix dramaticheskix teatrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2025
V Tashkente proxodat Vstrechi russkix dramaticheskix teatrov Uzbekistana
Asosiy dasturda “Iste’dod kuchi”, “Vanya amaki”, “Bobok”, “Tanlov” va “Melpomena ertaklari” spektakllari, qo‘shimcha dasturda esa o‘zbek tilida “Oh, bu Xo‘ja Nasriddin!” va “Qasam” asarlari namoyish etiladi.
“Uchrashuvlar uchinchi marta o‘tkazilmoqda. 2023-yilda loyihani ilk boshlaganimizda, asosiy maqsadimiz O‘zbekiston aholisini mamlakatning rus drama teatrlari bilan tanishtirish edi. Keyingi yili loyiha ko‘lami xalqaro darajaga kengaytirildi: “To‘rt yurak” Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonning rus teatrlarini Samarqandda to‘pladi. Xalqaro maktab tashkil etildi. Uning doirasida rus teatrlarining menejer, rejissor va direktorlari GITIS pedagoglari rahbarligida malaka oshirish kurslarini o‘tadilar”, - dedi loyiha produseri Irina Xilkova.
Bu yilgi loyiha formati ham juda ijodiy va foydali bo‘lib, nafaqat teatr tomoshalarini, balki amaliy laboratoriyani ham o‘z ichiga oladi.

“Unda O‘zbekistonning 6 nafar rejissori ishtirok etmoqda, ular bilan har kuni GITISning sirtqi aktorlik-rejissorlik kursi ustozi Anna Trifonova mashg‘ulot olib boradi. U to‘rt kun ichida yaratilishi kerak bo‘lgan va 7-noyabr kuni yakuniy hisobot oqshomida taqdim etiladigan pyesa parchalarini ishlab chiqadi va tahlil qiladi”, - dedi Xilkova.

Shuningdek, teatrshunos, teatr tanqidchisi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, “Voprosi teatra” (“Teatr savollari”) jurnali muharriri va GITIS teatrshunoslik kursi rahbari Marina Timasheva dastur doirasida namoyish etilgan barcha spektakllarning batafsil tahlilini o‘tkazmoqda.
© SputnikV Tashkente proxodat Vstrechi russkix dramaticheskix teatrov Uzbekistana
V Tashkente proxodat Vstrechi russkix dramaticheskix teatrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2025
V Tashkente proxodat Vstrechi russkix dramaticheskix teatrov Uzbekistana
Loyiha Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan mamlakat Madaniyat vazirligi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, u 7-noyabr kuni yakuniga yetadi.
Shuningdek, Toshkentda Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Rossiya teatr san’ati instituti (GITIS) hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniyat sohasidagi ta’lim markazi orasida memorandum imzolanganini eslatib o‘tamiz.
Ushbu hujjat yangi loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va iqtidorli yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun asos bo‘ladi. Xususan, memorandum doirasida yurtimiz teatrlari mutaxassislarining GITISda malaka oshirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Akteri. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2024
Toshkentda Rossiyaning GITIS teatr maktabi ish boshladi
Yangiliklar lentasi
0