Toshkentda Rossiyaning GITIS teatr maktabi ish boshladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishAkteri. Arxivnoe foto
Akteri. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2024
Obuna bo‘lish
Malaka oshirish kurslarida 13 nafar professor-o‘qituvchilar hamda 18 nafar mutaxassislar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya teatr san’ati instituti (GITIS) maktabi ish boshladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
“GITIS: xorijdagi rus teatr maktabi” Toshkentda 1-12 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
GITIS o‘qituvchilari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, shuningdek, aktorlar, teatr jamoalari direktorlari va rejissorlari uchun maktab va malaka oshirish kurslarini o‘tkazadi.
“O‘zbekiston madaniyat vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Rossiya teatr san’ati instituti (GITIS) bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarining teatr san’ati yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilari hamda davlat teatrlaridagi yosh mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi”, — deyiladi xabarda.
Unda oliy ta’lim muassasalaridan 13 nafar professor-o‘qituvchilar hamda davlat teatrlaridan 18 nafar mutaxassislar ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarini GITISning malaka mutaxassislaridan Mariya Orol hamda Kseniya Kazakevich olib bormoqda.
Trening yakunida loyiha ishtirokchilariga Rossiya teatr san’ati instituti – GITISning malaka oshirish sertifikatlari beriladi.
Samarqandda Rus teatrining chet eldagi missiyasi - bu to‘rtta yurak xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2024
Samarqandda Markaziy Osiyo teatr ustalari uchrashdi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0