https://oz.sputniknews.uz/20251106/belarus-uzbekistan-madaniyat-kunlar-53262678.html
Madaniy hamkorlik: 2026-yilda Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
Madaniy hamkorlik: 2026-yilda Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston va Belarus madaniyat vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Teatr, filarmoniya, nomoddiy meros va madaniy ta’lim sohalarida hamkorlikka oid memorandumlar imzolandi.
2025-11-06T10:00+0500
2025-11-06T10:00+0500
2025-11-06T10:57+0500
madaniyat
madaniyat vazirligi
hamkorlik
belarus
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/06/53266763_0:48:1280:768_1920x0_80_0_0_1be68d5ccb786ae960509ed22c571203.jpg
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. 2026-yilda Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish va Hukumatlararo komissiya doirasida madaniyat bo‘yicha quyi qo‘mita tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur kelishuvlar Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Belarus madaniyat vaziri Ruslan Cherneskiy boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlik uchrashuvi doirasida rasmiylashtirildi.Uchrashuv yakunida ikki mamlakat filarmoniyalari va teatrlari o‘rtasida qator hamkorlik memorandumlari imzolandi. Jumladan:
https://oz.sputniknews.uz/20251104/tashkent-belarus-madaniyat-kunlar-53231901.html
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/06/53266763_116:0:1253:853_1920x0_80_0_0_abb71425eb1f62d8b498124ee8bf0647.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston belarus hamkorligi, madaniy hamkorlik, teatrlar o‘rtasida memorandum, filarmoniya hamkorligi, madaniyat vazirlari uchrashuvi, “o‘zbekiston madaniyati kunlari”, nomoddiy meros hamkorligi, teatr va kino aloqalari
o‘zbekiston belarus hamkorligi, madaniy hamkorlik, teatrlar o‘rtasida memorandum, filarmoniya hamkorligi, madaniyat vazirlari uchrashuvi, “o‘zbekiston madaniyati kunlari”, nomoddiy meros hamkorligi, teatr va kino aloqalari
Madaniy hamkorlik: 2026-yilda Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
10:00 06.11.2025 (yangilandi: 10:57 06.11.2025) O‘zbekiston va Belarus teatr hamda madaniy meros sohalarida hamkorlikni kuchaytirib, Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ni o‘tkazishga kelishdi
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. 2026 yilda Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish va Hukumatlararo komissiya doirasida madaniyat bo‘yicha quyi qo‘mita tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Mazkur kelishuvlar Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Belarus madaniyat vaziri Ruslan Cherneskiy boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlik uchrashuvi doirasida rasmiylashtirildi.
Shuningdek, uchrashuvda madaniy ta’lim, teatr, kino hamda nomoddiy madaniy meros sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat filarmoniyalari va teatrlari o‘rtasida qator hamkorlik memorandumlari imzolandi. Jumladan:
O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi va G.I. Sitovich nomidagi Belarus Milliy akademik xalq xori;
Belarus Katta teatri va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri;
O‘zbekiston Davlat musiqali komediya (operetta) teatri va Belarus davlat filarmoniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.