Toshkentda Belarus madaniyati kunlari boshlandi

© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki Uzbekistan. V Tashkente sostoyalos chetvertoe zasedanie rabochey gruppi Belarus-Uzbekistan.
V Tashkente sostoyalos chetvertoe zasedanie rabochey gruppi Belarus-Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Obuna bo‘lish
Tadbir doirasida Belarus xori, folklor guruhlari, kino kunlari va amaliy san’at ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Toshkentda 4–6 noyabr kunlari konsert dasturlari, amaliy san’at va muzey ashyolari ko‘rgazmalari, Belarus kino kunlari kabi tadbirlarni o‘z ichiga olgan Belarus madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirlarda qatnashish uchun Belarus madaniyat vaziri R.Cherneskiy boshchiligidagi delegatsiya, G.Sitovich nomidagi Belarus Milliy akademik xalq xori, “Kupalinka” folklor guruhi, “Chistiy golos” vokal guruhi, “Belie rosi” ansambli va Belarus xalq artistlaridan iborat ijodiy guruh O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda yashovchi belarus millati vakillari bilan uchrashuv va davra suhbatlari, buyuk belarus shoiri Yakub Kolasni yod etish marosimi tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Xususan, Belarus kino kunlari doirasida 4 va 5-noyabr kunlari “Klassnaya”, “Vremya vernutsya”, “Kulturniy kod”, “Kinoshniki” va “Chorniy zamok” filmlari namoyish etiladi.
Na forume po obrazovaniyu bilo podpisano 30 soglasheniy o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
O‘zbekiston–Belarus ta’lim forumida 30 taga yaqin hamkorlik bitimi imzolandi
Yangiliklar lentasi
0