https://oz.sputniknews.uz/20251103/tergov-suniy-intellekt-hisobotlar-avtomatlashtirish-53206789.html
Bosh prokuraturada raqamli prokuror nazorati joriy etiladi
Bosh prokuraturada raqamli prokuror nazorati joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident prokuror nazoratini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. U jinoyat ishlarini raqamlashtirish, tergov jarayoniga sun’iy intellekt joriy etish va sohada professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
2025-11-03T19:00+0500
2025-11-03T19:00+0500
2025-11-04T08:58+0500
o‘zbekiston
tergov
prezident
bosh prokuratura
sud
jinoyat
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/03/53206619_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e427f20bf3bd9bd55345e9ad1d24f6ea.jpg
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev prokuror nazoratini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda Bosh prokuratura tizimida raqamli prokuror nazoratini joriy etish, tekshiruv va monitoring jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Bu orqali qonunbuzilishlarni erta aniqlash, mas’ul shaxslar faoliyatini real vaqtda kuzatish va nazorat tizimini shaffof hamda samarali qilish imkoni yaratiladi.Shu munosabat bilan jinoyat haqidagi xabardan to sud qarori ijrosigacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, tergov faoliyatiga sun’iy intellektni joriy qilish vazifasi qo‘yildi. Bu tizim tergov jarayonini tezlashtirish, inson omilini kamaytirish va mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.Shuningdek, raqamli jinoyatlarning oldini olish maqsadida sun’iy intellekt, kiberhuquq va raqamli huquq bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali raqamli tahdidlarni oldindan aniqlaydigan va samarali chora ko‘radgan professional kadrlar yetishtirish maqsad qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250825/sud-suniy-intellekt-fuqaro-foyda-51486061.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/03/53206619_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7a2765bdb3319396f3839b6eeaf71dcf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqamlashtirish, prokuror nazorati, tergov jarayoni, sun’iy intellekt, kiberhuquq, raqamli xavfsizlik, o‘zbekiston prokuraturasi, prezident mirziyoyev, avtomatlashtirish
raqamlashtirish, prokuror nazorati, tergov jarayoni, sun’iy intellekt, kiberhuquq, raqamli xavfsizlik, o‘zbekiston prokuraturasi, prezident mirziyoyev, avtomatlashtirish
Bosh prokuraturada raqamli prokuror nazorati joriy etiladi
19:00 03.11.2025 (yangilandi: 08:58 04.11.2025) Prezident prokuror nazoratini raqamlashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Tekshiruv va monitoringni avtomatlashtirish, tergovga sun’iy intellekt joriy etish vazifalari qo‘yildi
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev prokuror nazoratini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda Bosh prokuratura tizimida raqamli prokuror nazoratini joriy etish, tekshiruv va monitoring jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Bu orqali qonunbuzilishlarni erta aniqlash, mas’ul shaxslar faoliyatini real vaqtda kuzatish va nazorat tizimini shaffof hamda samarali qilish imkoni yaratiladi.
Hozirda tergov jarayonlarida yagona baholash tizimi mavjud emas, hisobotlar qo‘lda yuritilmoqda, jinoyat ishlari esa hali ham qog‘oz shaklida saqlanmoqda. Bu esa ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va hisobot tayyorlashga bir haftagacha vaqt sarflanmoqda.
Shu munosabat bilan jinoyat haqidagi xabardan to sud qarori ijrosigacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, tergov faoliyatiga sun’iy intellektni joriy qilish vazifasi qo‘yildi. Bu tizim tergov jarayonini tezlashtirish, inson omilini kamaytirish va mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, raqamli jinoyatlarning oldini olish maqsadida sun’iy intellekt, kiberhuquq va raqamli huquq bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali raqamli tahdidlarni oldindan aniqlaydigan va samarali chora ko‘radgan professional kadrlar yetishtirish maqsad qilinadi.