Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Davidov: bojxonada joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar YeOIIda savdoni jadallashtiradi

Flag Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza
Flag Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2025
Obuna bo‘lish
Bojxona ma’murchiligi yangi "Shimol–Janub" va "Sharq–G‘arb" xalqaro transport-logistika yo‘laklarini rivojlantirishning asosiy omili ekani qayd etildi.
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. "Yevroosiyo integratsiyasi o‘lchovlari: transport va logistika, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi" mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Yalpi majlisda YeIKning Bojxona hamkorligi bo‘yicha hay’ati a’zosi Ruslan Davidov chiqish qildi.
️U o‘z nutqida bojxona ma’muriyatchiligi yangi "Shimol–Janub" va "Sharq–G‘arb" xalqaro transport-logistika yo‘laklarini rivojlantirishning asosiy omili ekanini qayd etib, YeOIIning global Janub mamlakatlari bilan tovar aylanmasini oshirishda muhim vosita bo‘lishini ta’kidladi.
Davidovning aytishicha, 2026-yil 11-fevraldan boshlab YeOII hududida yuk tashish jarayonlarini kuzatish uchun elektron navigatsiya plombalari joriy etiladi.
Ushbu ilg‘or texnologiyalar Yevroosiyo integratsiyasining yangi bosqichiga qadam qo‘yishi, savdo jarayonlarini tezlashtirish va nazorat tartiblarini soddalashtirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Sotrudniki zavoda rabotayut v sexe sborki avtomobiley. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2025
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston sanoatining o‘sish salohiyati 15,4 mlrd dollarga teng — YeOTB
Yangiliklar lentasi
0