O‘zbekiston–Belarus ta’lim forumida 30 taga yaqin hamkorlik bitimi imzolandi

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyNa forume po obrazovaniyu bilo podpisano 30 soglasheniy o sotrudnichestve
Na forume po obrazovaniyu bilo podpisano 30 soglasheniy o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Belarus Ikkinchi ta’lim forumining plenar majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim sifatini oshirish va hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Farg‘ona davlat universitetida “Innovatsion hamkorlik: oliy va professional ta’lim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Belarus forumi” mavzusida Ikkinchi ta’lim forumining yalpi yig‘ilishi bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov, Belarus ta’lim vaziri o‘rinbosari Aleksandr Baxanovich hamda ikki davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Forum doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

Forum doirasida 30 taga yaqin anglashuv memorandumi, hamkorlik bitimi va yo‘l xaritalari imzolandi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markaziga tashrif buyurib, milliy atlas va adras to‘qish, gilamchilik, tikuvchilik hamda zargarlik jarayonlari bilan tanishishdi.
Sostoyalsya konkurs Dron reysing i vistavka innovatsionnix razrabotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
O‘zbekiston–Belarus forumida dron musobaqasi va innovatsiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0