Yerxov: Rossiya va O‘zbekiston BMT doirasida konstruktiv hamkorlikni davom ettirmoqda

© Foto : Posolstvo Rossii v UzbekistaneAleksey Yerxov
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya elchisi BMT Nizomining 80-yilligi munosabati bilan bildirgan fikrida Rossiya va O‘zbekiston tashkilot doirasida samarali hamkorlikni davom ettirayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston BMT maydonida konstruktiv hamkorlik qilib, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxovning BMT Nizomining 80-yilligi munosabati bilan bildirgan sharhida aytilgan.
Bugun xalqaro hamjamiyat zamonaviy xalqaro huquqiy tartibotga asos solgan asosiy hujjat — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi imzolanganining 80-yilligini nishonlamoqda.
Qayd etilishicha, BMTning ta’sischi davlatlaridan biri va Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida Rossiya uchun Nizom maqsadlari va tamoyillariga sodiqlik o‘zgarmas ahamiyatga ega. Bu tamoyillar — davlatlarning suveren tengligi, ichki ishlarga aralashmaslik va nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish — bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan.

Ta’kidlanishicha, Rossiya va O‘zbekiston BMT doirasida mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror rivojlanish va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, konstruktiv hamkorlik qilib kelmoqda.

Yerxovning so‘zlariga ko‘ar, ikki davlat doimo muloqot va xalqaro huquqni hurmat qilish hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan adolatli, barqaror va ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish tarafdori hisoblanadi.
Shuningdek, Yerxov so‘zlariga ko‘ra, BMT sakson yil davomida global muammolarga jamoaviy yechim topish uchun universal platforma sifatida noyob rol o‘ynab kelmoqda. Rossiya xalqaro munosabatlarda BMTning markaziy o‘rnini mustahkamlash, barcha davlatlar manfaatlari muvozanati va teng huquqliligini ta’minlash tarafdori bo‘lib kelmoqda.

“Ishonchim komilki, BMT Nizomining ruhi bundan buyon ham tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida — bugungi va kelajak avlodlar manfaati uchun xizmat qiladi”, — deya xulosa qilgan elchi.

Zasedanie v Torgpredstve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi: Toshkentda Ishbilarmonlik klubining IV majlisi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0