Sudlarda sun’iy intellekt joriy etiladi – bu fuqarolarga qanday foyda beradi?

© Getty Imagessudi s iskusstvennim intellektom
sudi s iskusstvennim intellektom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2025
Obuna bo‘lish
Sud tizimida sun’iy intellekt joriy etilishi sud ishlarini elektronlashtirish, murojaatlarni onlayn topshirish va sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash orqali fuqarolarga qulaylik yaratadi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. "Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Farmonning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
sud ishlarini qog‘oz shaklidan bosqichma-bosqich voz kechib, to‘liq elektron tarzda yuritish (“Raqamli sud” konsepsiyasi);
sudlarda sun’iy intellektni qo‘llash uchun zamonaviy texnik infratuzilmani yaratish;
Oliy sud axborot tizimi negizida maxsus sud hujjatlari arxivini tashkil etish;
“Kiber huquq” yo‘nalishida tadqiqotlar o‘tkazish, sudyalar va xodimlarning raqamli savodxonligi hamda malakasini oshirish.
“Raqamli sud” konsepsiyasi doirasida nima o‘zgaradi?
Sudga ariza bermoqchi bo‘lgan shaxs sun’iy intellekt orqali sud jarayonining taxminiy natijasi va chiqimlari haqida ma’lumot oladi.
Sudga murojaatlar endi elektron shaklda yuboriladi.
Sud hujjatlari avtomatik tarzda tayyorlanadi, ya’ni ko‘p vaqt talab qilgan jarayonlar ancha tezlashadi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po voprosam sovershenstvovaniya sudebnoy sistemi i obespecheniya pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2025
Sud tizimi takomillashtiriladi - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0