Prezident giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha dasturni ma’qulladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po zashite genofonda natsii ot narkomanii
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po zashite genofonda natsii ot narkomanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2025
Obuna bo‘lish
Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha milliy dastur loyihasi 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan.
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kompleks chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, o‘quvchi va talabalar orasida narkotiklar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarda bu illatga murosasiz munosabatni shakllantirish – barcha mas’ul organlar uchun ustuvor vazifa bo‘lishi zarur.
Shu bilan birga:
narkotrafikka jinoiy-huquqiy yo‘l bilan qat’iy zarba berish;
yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish;
internet orqali tarqatish, uyushgan guruhlar va narkolaboratoriyalarni aniqlash va chek qo‘yish bo‘yicha tezkor qidiruv va tergov ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi diagnostika, davolash va reabilitatsiya tizimi tubdan takomillashtiriladi.
Taqdimot yakunlarida 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha milliy dastur loyihasi ma’qullandi. Prezident ushbu yo‘nalishda uzluksiz ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Izyatie v xode reydov narkotiki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2025
Xalqaro uyushgan narkojinoyatchilar 111 kg giyohvandlik vositalari bilan ushlandi - IIV
Yangiliklar lentasi
0