https://oz.sputniknews.uz/20251003/111-kilogramm-giyohvandlik-vosita-ushlanish-52442853.html
Xalqaro uyushgan narkojinoyatchilar 111 kg giyohvandlik vositalari bilan ushlandi - IIV
Xalqaro uyushgan narkojinoyatchilar 111 kg giyohvandlik vositalari bilan ushlandi - IIV
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda IIV, DXX va Bojxona hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 111 kg giyohvand modda musodara qilindi. Farg‘ona, Andijon va Toshkentda narkoguruhning 6 a’zosi qo‘lga olindi.
2025-10-03T17:13+0500
2025-10-03T17:13+0500
2025-10-03T17:13+0500
o‘zbekiston
narkotik
giyohvand moddalar
jinoyat kodeksi
jinoyat
jinoyatchilik
iiv
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
bojxona qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/112/57/1125768_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_15347b9824cbf336b83d18d73d221f46.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Joriy yilning sentabr oyida Ichki ishlar vazirligi (IIV), Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Bojxona xizmati xodimlari hamkorligida transmilliy uyushgan narkojinoyatlichilikka qarshi xalqaro tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilib, 111 kg bo‘lgan (81 kg gashish va 30 kg opiy) giyohvandlik vositalari qo‘lga kiritildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.Xalqaro uyushgan narkoguruhning 6 nafar a’zolari Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlar hududida qo‘lga olindi. Jumladan, 13-sentabr kuni Farg‘ona viloyatida yashovchi shaxs giyohvandlik vositalarini qabul qilib olayotgan vaqtida ushlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, uyushgan guruhning Andijon viloyatida yashovchi 2 nafar a’zosi 10 kilogramm gashish giyohvandlik vositalarini ko‘mib qo‘yilgan joyidan olayotgan vaqtida ushlandi. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar davomida guruhning Andijon viloyatida yashovchi 2 nafar a’zosi oshxonada 6 ming dollar evaziga 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotib olgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Toshkent viloyatining Angren shahrida davom ettirilgan tadbirda esa muqaddam 3 marotaba sudlangan shaxs 5 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi. Har bir holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250820/tojikiston-narkotik-fuqaro-51361671.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/112/57/1125768_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_b197d184861a509e72f9b5b7a1aab208.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston giyohvand moddalar, iiv operatsiyasi, dxx narkokontrabanda, farg‘ona narkoguruh, andijon narkoish, toshkent narkotorgovlya, gashish, opiy, narkoguruh ushlandi, xalqaro tezkor tadbir, bojxona, 111 kilo narkotik,
o‘zbekiston giyohvand moddalar, iiv operatsiyasi, dxx narkokontrabanda, farg‘ona narkoguruh, andijon narkoish, toshkent narkotorgovlya, gashish, opiy, narkoguruh ushlandi, xalqaro tezkor tadbir, bojxona, 111 kilo narkotik,
Xalqaro uyushgan narkojinoyatchilar 111 kg giyohvandlik vositalari bilan ushlandi - IIV
Sentabr oyida IIV, DXX va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro tezkor tadbirda 111 kg giyohvand modda musodara qilinib, uyushgan narkoguruhning 6 a’zosi qo‘lga olindi
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Joriy yilning sentabr oyida Ichki ishlar vazirligi (IIV), Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Bojxona xizmati xodimlari hamkorligida transmilliy uyushgan narkojinoyatlichilikka qarshi xalqaro tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilib, 111 kg bo‘lgan (81 kg gashish va 30 kg opiy) giyohvandlik vositalari qo‘lga kiritildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Xalqaro uyushgan narkoguruhning 6 nafar a’zolari Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlar hududida qo‘lga olindi.
Jumladan, 13-sentabr kuni Farg‘ona viloyatida yashovchi shaxs giyohvandlik vositalarini qabul qilib olayotgan vaqtida ushlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, uyushgan guruhning Andijon viloyatida yashovchi 2 nafar a’zosi 10 kilogramm gashish giyohvandlik vositalarini ko‘mib qo‘yilgan joyidan olayotgan vaqtida ushlandi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar davomida guruhning Andijon viloyatida yashovchi 2 nafar a’zosi oshxonada 6 ming dollar evaziga 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotib olgan vaqtlarida qo‘lga olindi.
Toshkent viloyatining Angren shahrida davom ettirilgan tadbirda esa muqaddam 3 marotaba sudlangan shaxs 5 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.
Ushbu jinoiy guruh bir necha yildan buyon faoliyat yuritib, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.
Har bir holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.