Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytiriladi — yangi qaror

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishVirus-vimogatel atakoval IT-sistemi kompaniy v raznix stranax
Virus-vimogatel atakoval IT-sistemi kompaniy v raznix stranax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
Obuna bo‘lish
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishga va raqamli tergovga ko‘maklashish markazi tashkil etiladi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytiriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
“Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida vakolatli organ etib belgilandi.
O‘z kundalik faoliyatini tashkil etishda mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini ta’minlash banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining ustuvor vazifasi sifatida ko‘rsatildi.
"Kiberjinoyatni sodir etishda o‘z nomidagi bank kartasi, bank hisobraqami, SIM kartasi hamda elektron hamonidan foydalanishga yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi", — deyilgan hujjat matnida.
Banklar, to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zararni ular hisobidan undirish tartibi joriy etiladi.
Jinoyat qonunchiligi bilan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat uchun belgilangan jazo choralari kuchaytiriladi.

“Jinoyat sodir etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish javobgarlik hamda jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi”, — deyiladi hujjat matnida.

Qarorga ko‘ra, har oy yakuni bo‘yicha tizimida eng ko‘p kiberjinoyatlar qayd etilgan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi.
Marakaziy bank tomonidan aholi pul mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”) alomatlarini aniqlash hamda ular haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tezkor xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Respublika miqyosida har yilning noyabr oyi “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilinadi
Kiberjinoyatlarning shakllari va ularni sodir etish usullari to‘g‘risida ogohlantirish uchun internet va ijtimoiy tarmoqlardagi maqsadli (target) reklama xizmatidan bepul tarzda foydalaniladi.
Markaziy bank 2025-yil 1-sentabrgacha quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni amalga oshiradi:
banklar, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari hamda kredit burolarining tranzaksiyalari va boshqa zaruriy ma’lumotlarini Markaziy bankning yagona platformasiga integratsiya qilish;
Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizimini hamda banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining antifrod tizimlarini joriy etishni yakuniga yetkazish.
Hujjatga ko‘ra, voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochishi bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi.
Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
Banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan o‘zining mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini o‘rnatish hamda foydalanuvchi qurilmasida zararli dasturlar belgilari mavjudligi aniqlanganda ularni ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.
Ichki ishlar organlari mas’ul bo‘linmalari so‘roviga asosan shubhali pul o‘tkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalari tezkorlik bilan bloklanadi.
Tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov davomida sodir etilgan kiberjinoyatlar yuzasidan kiberxavfsizlik talablariga rioya qilinganligi bo‘yicha xulosa “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan beriladi.
Shuningdk, Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishga va raqamli tergovga ko‘maklashish markazi tashkil etiladi. Kiberjinoyatlarni fosh etish, ularni tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish Markazning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Kiberfiribgarlardan qanday himoyalanish kerak? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2024
Matbuot markazi
Kiberfiribgarlardan qanday himoyalanish kerak?
Yangiliklar lentasi
0