https://oz.sputniknews.uz/20251017/eoii-va-ozbekiston-ortasidagi-savdo-tosiqlari-muhokama-qilindi-52777526.html
YeOII va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo to‘siqlari muhokama qilindi
YeOII va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo to‘siqlari muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida O‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
2025-10-17T13:45+0500
2025-10-17T13:45+0500
2025-10-17T15:42+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
o‘zbekiston
yeoii
hamkorlik
savdo
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/11/52778023_0:41:1400:829_1920x0_80_0_0_1ef21500207be466c2fd70e7df243045.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida O‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda komissiyaning matbuot xizmati xabar berdi.YeIK savdo ishlari bo‘yicha vaziri Andrey Slepnyovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 2020-yildan buyon Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi huzuridagi kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lib, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik strategik xarakter kasb etmoqda.Savdo hajmi oshdiStatistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 2023-yilda 15,6 milliard dollardan 25 milliard dollarga yetib, 1,5 barobarga oshgan. YeOII davlatlari O‘zbekistonga energiya resurslari, qora metallar, mashinasozlik uskunalari, yog‘och, don, shakar va yog‘ mahsulotlarini eksport qilmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekistondan ittifoqqa to‘qimachilik mahsulotlari, avtomobillar, elektr texnikasi, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berilmoqda.Barqaror o‘sishga qaramay, to‘siqlar mavjudShu bilan birga, Slepnyov ikki tomonlama savdoda hanuzgacha mavjud bo‘lgan to‘siqlarni ham qayd etdi hamda ularni muhokama qilishga chaqirdi.Seminarda logistika, bojxona va ma’muriy tartiblarni takomillashtirish, sanitariya va fitosanitariya talablari, eksportchi yetkazib beruvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, davlat xaridlari, o‘zaro hisob-kitoblar va biznes axborot tizimlari masalalari muhokama qilindi.Mutaxassislarning fikricha, asosiy e’tibor O‘zbekiston va YeOII texnik reglamentlarini uyg‘unlashtirishga qaratilishi zarur.
https://oz.sputniknews.uz/20250921/mdh-eoii-moldova-52135647.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/11/52778023_95:0:1307:909_1920x0_80_0_0_d011f0dc1935adf026f375fb02acc15b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) shtab-kvartirasida o‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) shtab-kvartirasida o‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) shtab-kvartirasida o‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) shtab-kvartirasida o‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
YeOII va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo to‘siqlari muhokama qilindi
13:45 17.10.2025 (yangilandi: 15:42 17.10.2025) O‘zbekiston YeOII bilan kuzatuvchi maqomida olib borgan hamkorligi davrida o‘zaro savdo hajmi 1,5 barobar oshgan.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida O‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda komissiyaning matbuot xizmati
xabar berdi.
YeIK savdo ishlari bo‘yicha vaziri Andrey Slepnyovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 2020-yildan buyon Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi huzuridagi kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lib, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik strategik xarakter kasb etmoqda.
“Bugungi uchrashuv bizning doimiy sherigimiz — O‘zbekiston Respublikasiga bag‘ishlandi. Hamkorlikdagi ishlarimiz uzluksiz davom etmoqda”, — dedi Slepnyov.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 2023-yilda 15,6 milliard dollardan 25 milliard dollarga yetib, 1,5 barobarga oshgan.
YeOII davlatlari O‘zbekistonga energiya resurslari, qora metallar, mashinasozlik uskunalari, yog‘och, don, shakar va yog‘ mahsulotlarini eksport qilmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekistondan ittifoqqa to‘qimachilik mahsulotlari, avtomobillar, elektr texnikasi, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Barqaror o‘sishga qaramay, to‘siqlar mavjud
Shu bilan birga, Slepnyov ikki tomonlama savdoda hanuzgacha mavjud bo‘lgan to‘siqlarni ham qayd etdi hamda ularni muhokama qilishga chaqirdi.
Seminarda logistika, bojxona va ma’muriy tartiblarni takomillashtirish, sanitariya va fitosanitariya talablari, eksportchi yetkazib beruvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, davlat xaridlari, o‘zaro hisob-kitoblar va biznes axborot tizimlari masalalari muhokama qilindi.
“Mavjud to‘siqlar bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar tizimlashtirilib, O‘zbekiston bilan keyingi muloqotlarda foydalaniladi”, — dedi Andrey Slepnyov.
Mutaxassislarning fikricha, asosiy e’tibor O‘zbekiston va YeOII texnik reglamentlarini uyg‘unlashtirishga qaratilishi zarur.