https://oz.sputniknews.uz/20251031/uzbekistan-talim-jahon-orin-53130248.html
Stefaniya Jannini: O‘zbekiston ta’lim sohasida jahon miqyosida muhim o‘rin egallab bormoqda
Stefaniya Jannini: O‘zbekiston ta’lim sohasida jahon miqyosida muhim o‘rin egallab bormoqda
Sputnik O‘zbekiston
Stefaniya Jannini konferensiyada O‘zbekistonning ta’limni rivojlantirishga siyosiy irodasi va xalqaro maydondagi faolligini yuqori baholadi. Mamlakat maktabgacha ta’lim bo‘yicha ilg‘or markazni yaratib, Global konvensiyani ratifikatsiya qildi.
2025-10-31T11:49+0500
2025-10-31T11:49+0500
2025-10-31T11:49+0500
yunesko
ta’lim
samarqand
hamkorlik
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1f/53130084_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_ac6ad66be6884709e65bd4a1f61fff40.jpg
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. YuNESKO bosh direktorining ta’lim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Stefaniya Janninining ta’kidlashicha, O‘zbekiston ta’limni rivojlantirishga siyosiy irodasini namoyon etmoqda va jahon ta’lim maydonida muhim o‘rin egallab bormoqda. Bu haqda u Samarqandda o‘tgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Janninining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi hamkorlik natijasida ikkita muhim yutuqqa erishildi. Birinchisi - maktabgacha ta’lim va bolalarni parvarish qilish sohasida dunyoda birinchi bo‘lib Ilg‘or tajribalar markazi tashkil etilgani milliy ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Ikkinchi yutuq Oliy ta’limda malaka va darajalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu O‘zbekistonning xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuviga imkon beradi. Shuningdek, u ikki yildan so‘ng O‘zbekiston yashil va raqamli o‘tish, shuningdek, fuqarolik va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan Texnik va kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasiga mezbonlik qilishini ma’lum qildi. Xulosa qilib, Stefaniya Jannini O‘zbekiston YuNESKO tomonidan ilgari surilgan butun umr davomida uzluksiz ta’lim g‘oyasini amalga oshirib, ta’limga yaxlit yondashuvni - erta bolalikdan eng yuqori darajagacha rivojlantirayotganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251030/prezident-yunesko-bosh-direktori-dostlik-ordeni-53104373.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1f/53130084_215:0:2946:2048_1920x0_80_0_0_d32495c9b5173a64f8978b20e0e1c376.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yunesko, stefaniya jannini, samarqand, yunesko bosh konferensiyasi, o‘zbekiston ta’limi, maktabgacha ta’lim, ilg‘or tajribalar markazi, ta’limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik, global konvensiya, oliy ta’lim, kvalifikatsiyalarni tan olish, akademik mobillik, yunesko konferensiyasi, texnik va kasbiy ta’lim, yashil va raqamli o‘tish, jannini
yunesko, stefaniya jannini, samarqand, yunesko bosh konferensiyasi, o‘zbekiston ta’limi, maktabgacha ta’lim, ilg‘or tajribalar markazi, ta’limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik, global konvensiya, oliy ta’lim, kvalifikatsiyalarni tan olish, akademik mobillik, yunesko konferensiyasi, texnik va kasbiy ta’lim, yashil va raqamli o‘tish, jannini
Stefaniya Jannini: O‘zbekiston ta’lim sohasida jahon miqyosida muhim o‘rin egallab bormoqda
Stefaniya Jannini Samarqandda O‘zbekiston ta’limni rivojlantirishga siyosiy iroda bilan yondashib, xalqaro maydonda faollik ko‘rsatayotganini ta’kidladi
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. YuNESKO bosh direktorining ta’lim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Stefaniya Janninining ta’kidlashicha, O‘zbekiston ta’limni rivojlantirishga siyosiy irodasini namoyon etmoqda va jahon ta’lim maydonida muhim o‘rin egallab bormoqda. Bu haqda u Samarqandda o‘tgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Janninining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi hamkorlik natijasida ikkita muhim yutuqqa erishildi. Birinchisi - maktabgacha ta’lim va bolalarni parvarish qilish sohasida dunyoda birinchi bo‘lib Ilg‘or tajribalar markazi tashkil etilgani milliy ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston bu sohada qanday yutuqlarga erishayotgani hayratlanarli. Biz bu yo‘lni 2022-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Butunjahon konferensiyasida boshlagan edik va bugun aniq natijani ko‘rmoqdamiz", - dedi Jannini.
Ikkinchi yutuq Oliy ta’limda malaka va darajalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu O‘zbekistonning xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuviga imkon beradi.
"Bu qadam talabalar va tadqiqotchilarning akademik harakatchanligi uchun yangi imkoniyatlar ochadi, universitetlar sifatini oshiradi va mamlakatning madaniy diplomatiyasini mustahkamlaydi", - deya ta’kidladi YuNESKO vakili.
Shuningdek, u ikki yildan so‘ng O‘zbekiston yashil va raqamli o‘tish, shuningdek, fuqarolik va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan Texnik va kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasiga mezbonlik qilishini ma’lum qildi.
Xulosa qilib, Stefaniya Jannini O‘zbekiston YuNESKO tomonidan ilgari surilgan butun umr davomida uzluksiz ta’lim g‘oyasini amalga oshirib, ta’limga yaxlit yondashuvni - erta bolalikdan eng yuqori darajagacha rivojlantirayotganini ta’kidladi.