https://oz.sputniknews.uz/20251030/prezident-yunesko-bosh-direktori-dostlik-ordeni-53104373.html
Prezident YuNESKO bosh direktorini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
Prezident YuNESKO bosh direktorini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh direktori Odri Azuleni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
2025-10-30T16:26+0500
2025-10-30T16:26+0500
2025-10-30T16:26+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
yunesko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53104552_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d937dd49aa3b98f2df5d36ebcae1cfe3.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) bosh direktori Odri Azuleni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.Mukofot Samarqand shahridagi uchrashuv chog‘ida topshirildi.Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Odri Azule fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari hamda o‘zbek xalqining boy madaniy merosini keng ommalashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun bu yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgan.Shuningdek, uchrashuvda YuNESKO bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, ustuvor yo‘nalishlarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.Xususan, YuNESKOning Maktabgacha ta’lim bo‘yicha mintaqaviy markazi ishga tushiriladi, Beruniy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi, Samarqand shahrining 3000-yilligi munosabati bilan maxsus tadbir, shuningdek, muzeylar, sun’iy intellekt, gender mavzulari bo‘yicha forumlar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.Eslatamiz, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bosh konferensiyaning tarixiy sessiyasi qirq yil ichida birinchi marta YuNESKOning Parijdagi qarorgohidan tashqarida o‘tkazilmoqda.Ushbu muhim sessiya doirasida ta’lim, fan, madaniyat, ekologiya, texnologiya va kommunikatsiya sohalaridagi asosiy masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan 150 tadan ortiq turli shakldagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251024/yunesko-bosh-konferentsiyasi-ozbekiston-52953998.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53104552_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_104e54fdf03ef33fa61bda20de71647f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev bmtning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (yunesko) bosh direktori odri azule “do‘stlik” ordeni
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev bmtning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (yunesko) bosh direktori odri azule “do‘stlik” ordeni
Prezident YuNESKO bosh direktorini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
Samarqandda Shavkat Mirziyoyev YuNESKO bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) bosh direktori Odri Azuleni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
Mukofot Samarqand shahridagi uchrashuv chog‘ida topshirildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga
ko‘ra, Odri Azule fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari hamda o‘zbek xalqining boy madaniy merosini keng ommalashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun bu yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgan.
Shuningdek, uchrashuvda YuNESKO bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, ustuvor yo‘nalishlarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.
Xususan, YuNESKOning Maktabgacha ta’lim bo‘yicha mintaqaviy markazi ishga tushiriladi, Beruniy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi, Samarqand shahrining 3000-yilligi munosabati bilan maxsus tadbir, shuningdek, muzeylar, sun’iy intellekt, gender mavzulari bo‘yicha forumlar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.
Eslatamiz, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bosh konferensiyaning tarixiy sessiyasi qirq yil ichida birinchi marta YuNESKOning Parijdagi qarorgohidan tashqarida o‘tkazilmoqda.
Ushbu muhim sessiya doirasida ta’lim, fan, madaniyat, ekologiya, texnologiya va kommunikatsiya sohalaridagi asosiy masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan 150 tadan ortiq turli shakldagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.