Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainani qo‘llayotganlar urushni qo‘llab-quvvatmoqda – Orban

© AP Photo / Denes ErdosPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2025
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vaziri Yevropa mamlakatlari budjetlari hisobiga Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish vaziyatni faqat keskinlashtirishini qayd etdi.
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan Yevropa Ittifoqi yetakchilari va ularning maslakdoshlari aslida urushni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
Uning fikricha, Yevropa mamlakatlari budjetlari hisobiga Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish Yevropadagi vaziyatni faqat keskinlashtiradi va uni keng ko‘lamli harbiy mojaro sari yetaklaydi.
Ukrainani qo‘llayotganlar urushni qo‘llab-quvvatmoqda. Urush pul talab qiladi. <…> Brussel Ukrainaga pul jo‘natayotganda u bizning pullarni jo‘natmoqda”, - dedi u “Kossuth” radiosi efirida.
“Yevropa yetakchilari olov bilan o‘ynashayotganini tushunmayapti. Bugun Yevropa urush sari ketmoqda”, - deya ogohlantirdi Orban va mintaqadagi siyosiy vaziyatni Birinchi va Ikkinchi jahon urushi arafasidagi voqealarga qiyosladi.
Vengriya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, yagona ijobiy narsa bu tinchlikparvar pozitsiyasini egallagan va Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga urinayotgan Donald Trampning prezident etib saylanishi bo‘lgan.
“Bugun aynan yevropaliklar urush haqida gapirmoqda, garchi biz ularga bunday qilmaslikni tavsiya qilsak-da”, - dedi siyosatchi.
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban na sammite Yevropeyskogo politicheskogo soobshestva v Moldove 1-iyunya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
YeI sabab Ukrainada tinchlik o‘rnatishga erishilmayapti – Orban
Yangiliklar lentasi
0