Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

YeI sabab Ukrainada tinchlik o‘rnatishga erishilmayapti – Orban

© AP Photo / Vadim GhirdaPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban na sammite Yevropeyskogo politicheskogo soobshestva v Moldove 1-iyunya 2023 goda.
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban na sammite Yevropeyskogo politicheskogo soobshestva v Moldove 1-iyunya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2025
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Brussel Vashingtonning vositachilik sa’y-harakatlariga xalaqit berayotgani sabab mojaroni hal qilib bo‘lmayapti.
TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Yevropa Ittifoqi yetakchilari Vladimir Zelenskiyni harbiy harakatlarni davom ettirishga gijgijlayotgani sabab Ukrainada tinchlik o‘rnatishga erishilmayapti. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar yevropaliklar “Zelenskiyni doim parda ortida gijgijlamaganda”, AQSh prezidenti Donald Trapm allaqachon sulh tuzgan bo‘lardi.

“Agar yevropaliklar Tramp siyosatiga qarshi chiqishmaganda, biz, yevropaliklar, amerikaliklar bilan bir qayiqda bo‘lganimizda, tinchlik bo‘lgan bo‘lardi. Biroq Yevropa yetakchilar urushni davom ettirishni xohlashadi”, - dedi Orban “Mandiner” portaliga bergan intervyusida.

Vengriya bosh vazirining fikricha, Brusselning aniq harbiy pozitsiyasi, strategiyasi va rejalari bor. Bu haqda oshkora aytishmoqda hamda AQSh prezidentini tinchlikdan urushni davom ettirish tomonga og‘dirish uchun ish olib borilmoqda.
“Agar G‘arb birlashganda, Rossiya-Ukraina frontida allaqachon tinchlik bo‘lgan bo‘lardi”, - deya hisoblaydi Orban.
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Orban: Rossiya Ukraina mojarosida g‘alaba qozonganini G‘arb tan olishi kerak
Yangiliklar lentasi
0