Namanganda noqonuniy dori ishlab chiqarish sexi fosh etildi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishV Namanganskoy oblasti viavili nesertifitsirovannie lekarstva stoimostyu bolee 7 mlrd sumov
V Namanganskoy oblasti viavili nesertifitsirovannie lekarstva stoimostyu bolee 7 mlrd sumov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2025
Obuna bo‘lish
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, qo‘lbola usulda tayyorlangan dori vositalari Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri va boshqa viloyatlarga yetkazib berilgan.
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Namangan viloyatida belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda dori vositalarini tayyorlash maqsadida faoliyat yuritgan noqonuniy sex fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dori vositalari noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan sex aniqlangan.
Natijada sexdan 18 milliard so‘m qiymatidagi 14 nomdagi ishlab chiqarish uskunalari, shuningdek, 9 turdagi jami 138 031 quti dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar, maxsus idishlar aniqlangan. Umumiy hisobda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan tovar-moddiy boyliklar qiymati taxminan 30 milliard so‘mni tashkil etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, MChJ faqatgina biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uchun sertifikat olgan bo‘lishiga qaramasdan, sanitariya talablariga javob bermaydigan joyda, nomlarini o‘zgartirgan holda 9 turdagi kontrafakt dori vositalarini ham tayyorlab kelgan.
Jumladan, “Pikovit” dorisi – Pivovit, “Kanefron” – Kanaseron, “Espumizan” – Espumetik, “Nistatin” – Nestitam ko‘rinishida ishlab chiqarilgan.
Presechena kontrabanda silnodeystvuyushix lekarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Qiymati 6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0