Qiymati 6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

© Press-slujba SGBPresechena kontrabanda silnodeystvuyushix lekarstv
Presechena kontrabanda silnodeystvuyushix lekarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida chegara hududida katta miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qoldirib ketilgani aniqlandi. Jami 53522 regapen va 20000 dona zardeks dorisi topildi
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasida noma’lum shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qoldirib ketgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida chegaraning Quvasoy shahri Polmon MFY hududidan o‘tuvchi qismida katta miqdorda dorilar qoldirib ketilgani fosh etilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan jami 7 dona qutilarda umumiy qiymati 6 mlrd 19 mln 980 ming so‘mlik 53 522 dona “Regapen” va 20 000 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) va 251-1-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dori vositalari egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilyapti.
Unichtojenie opasnix lekarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2025
Bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan dorilar yo‘q qilindi
Yangiliklar lentasi
0