Kam ta’minlangan oilalarga qariyb 82 mlrd so‘mlik ijtimoiy keshbek to‘lab berildi

© PixabayChek, illyustrativnoe foto
Chek, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2025
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p to‘lovlar Samarqand va Toshkentda amalga oshirildi.
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida kam ta’minlangan oilalardagi 275 539 nafar iste’molchiga 81,8 mlrd so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.
2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obektlaridan tibbiy xizmatlar, qo‘y, parranda, mol go‘shtlari, tuxum, o‘simlik yog‘i, un, shakar, dori vositalari sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek o‘rniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.
Top-3 hududlar:
Samarqand viloyati - 22,9 mlrd so‘m;
Toshkent shahri - 16,2 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati - 7 mlrd so‘m.
Keshbek olish uchun "Soliq" mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.
Biznes-trening - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2025
Ishsizlar va moddiy imkoniyati cheklanganlar kasb-hunar va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi
Yangiliklar lentasi
0